Nizomiddin masjidi () – XIV asrga oid sobiq masjid, madaniy, tarixiy va meʼmoriy yodgorlik, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrining Əmircan qishlogʻida joylashgan.
Taxminan 1330-yilda qurib bitkazilgan ushbu sobiq masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-son qarori bilan mamlakatning ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy-madaniy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Nizomiddin masjidi hijriy 730-yilda Shirvonshoh hukmronligi davrida Əmircanda qurilgan. Masjid Amir Nizomiddin Kesrani tomonidan bunyod etilgan.
Masjid oʻyma naqshlar bilan bezatilgan oq rangli tekis shaklga keltirilgan toshlardan qurilgan. 4 ta kirish darvozasidan 3 tasida toshga oʻyilgan yozuvlar mavjud. Namozxonaning ichki qismi boʻlib, balandligi . Masjidning mehrobi balandlikda boʻlib, bir necha joyida „Alloh“ soʻzi arabcha yozuvda bitilgan. Devorlarining qalinligi , polidan gumbaz choʻqqisigacha balandlik esa . Gumbaz diametri . Masjidning minorasi yoʻq, gumbazning old jabhadan balandligi .
Masjidning markaziy qismidagi eshik tepasida fors tilida yozilgan bayt mavjud boʻlib, tarjimasi quyidagicha:
Ikkinchi qatorda arab tilida yozilgan baytning tarjimasi shunday:
1384–1385-yillarda masjid Sharafiddin tomonidan taʼmirlangan va janubiy hovlisida yangi portal qurilgan. Darvoza tepasiga arabchada ikki qator yozuv bitilgan tosh lavha oʻrnatilgan. Tarjimasi:
1830–1831-yillarda masjidda katta restavratsiya ishlari olib borilgan, shimoliy devori boʻylab yangi xona qoʻshib qurilgan. Gʻarbiy jabhaning shimoliy qismidagi eshik tepasiga 2 ta gorizontal tosh lavha oʻrnatilgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, har bir qayta qurish jarayonida yangi meʼmoriy unsurlar qoʻshilgan va ularni amalga oshirganlarning nomlari yozuvlarda aks ettirilgan. Shunday qoʻshimchalardan biri 1876-yilda Fatma xonim tomonidan amalga oshirilgan taʼmir va kengaytirish ishlaridir. Tarjimasi:
XX asr boshlarida masjid yana taʼmirtalab boʻlgan. Qurilish vaqtida gʻarbiy ayvonning markazida, Nizomiddin qurdirgan darvoza oldida 4 ta tosh ustunga tayanadigan darvoza barpo qilingan. Uning tepasidagi bir qator arabcha yozuv quyidagicha tarjima qilingan:
Masjid qoyatosh ustiga qurilgan boʻlib, ostida yer osti xonasi mavjud. Bu xona XIX asrgacha urush va hujumlar davrida boshpana boʻlgan deb taxmin qilinadi. Keyinchalik u yashirin xona sifatida xizmat qilgan. Tadqiqot chogʻida shu yerdan tobutlar va inson skeletlari topilgan. 1920-yildan soʻng yashirin joy yopilgan va bu yerga dafn qilish taqiqlangan.
Sovet bosqini Sovet bosqini 1928-yildan boshlab dinga qarshi rasmiy siyosat boshladi. Oʻsha yili dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjid, cherkov va sinagogalarni dunyoviy faoliyat uchun maʼrifiy klublar ixtiyoriga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ga yaqin masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda ularning soni 1700 ta, 1933-yilga kelib esa 17 tani tashkil qilgan.
Bosqindan soʻng masjidlar yopib qoʻyilgan.
Mustaqillikdan keyin Ozarbayjon mustaqilligi tiklanganidan soʻng 2001-yil 2-avgustda Vazirlar Mahkamasining 132-son qarori bilan masjid yana respublikaning ahamiyatga ega tarixiy-madaniy koʻchmas yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
2020-yilda Əmircan qishlogʻida olib borilgan restavratsiya ishlari davomida Nizomiddin masjidi ham taʼmirlangan.
Yana qarang Ozarbayjonda Islom Ozarbayjondagi masjidlar roʻyxati Bokudagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:14-asr Ozarbayjondagi masjidlari Turkum:1330-yilda qurib bitkazilgan inshootlar Turkum:Ozarbayjondagi sobiq masjidlar Turkum:Ozarbayjondagi yodgorliklar va memoriallar Turkum:Ozarbayjondagi gumbazli masjidlar Turkum:1330-yillarda qurilgan masjidlar Turkum:Bokudagi masjidlar