Daniil (1982-yil 21-dekabrda tugʻilgan) va David (1984-yil 22-fevralda tugʻilgan) Libermanlar – seriyali tadbirkorlik bilan shugʻullanadigan aka-ukalar, biznesmenlar, investorlar. Sibilant Interactive, Kanobu, Gʻoyalar makoni, Kernel AR, Reveality Ventures, Brothers Ventures venchur fondlari va Frank. Money startapining asoschisi va hammuassisi. Aka-ukalar Mult Lichnosti telekoʻrsatuvini yaratdilar va Snapchatda mahsulot direktori boʻldilar.

Tarjimai hol Daniil 1982-yil 21-dekabrda, David esa 1984-yil 22-fevralda tugʻilgan. Ularning otasi Yefim Arsentevich Liberman (1925—2011) biofizik va fiziolog boʻlib, SSSR Davlat mukofoti sovrindori edi. Onalari Svetlana Vladimirovna Minina (1950-yilda SSSRning Moskva shahrida tugʻilgan) ham biofizik va fiziolog sifatida faoliyat yuritgan. Ular oltita aka-uka va opa-singilning ikkitasidir.

Daniil va David Moskvadagi 1311-sonli Milliy yahudiy maktabida bir sinfda tahsil olishgan. Keyinchalik ular Maymonid nomidagi Davlat klassik akademiyasida (sobiq Moskva yahudiy akademiyasi) matematika va kompyuter fanlari boʻyicha birgalikda oʻqishni davom ettirib, ushbu yoʻnalishda diplom olishgan. Ularning opa-singillari Anna va Mariya Liberman aka-ukalarining barcha loyihalarida faol ishtirok etadilar.

Tadbirkorlik faoliyati Daniil va David hali maktabda oʻqib yurgan paytlaridanoq kompyuterlarni taʼmirlash va veb-saytlar yaratish orqali pul topishni boshlaganlar.

Ular 2001-yilda oʻzlarining birinchi video oʻyin biznes-rejasini yozishgan. 2005-yilda ular ommaviy koʻp oʻyinchili onlayn rolli oʻyinlarga ixtisoslashgan Sibilant Interactive kompaniyasiga asos solishgan. Bu loyiha 2008-yilgi moliyaviy inqiroz tufayli yopilgan. Aka-ukalar, shuningdek, ilgari Sibilant Interactiveʼdan alohida loyiha sifatida ishga tushirilgan Kanobu’ning ham asoschilari edilar. 2011-yilda Kanobu tarmogʻining nazorat paketi Rambler&Co tomonidan sotib olinggan.

2008-yilda Anna va Mariya bilan birgalikda aka-ukalar yangi Concept Space kompaniyasini roʻyxatdan oʻtkazishgan. Ular video oʻyinlarni ishlab chiqishda orttirgan yuqori sifatli kompyuter grafikasi boʻyicha tajribalaridan foydalanib, oʻzlarining xususiy dasturiy taʼminotini, shuningdek, CGI animatsiyasi va harakatni qayd etish texnologiyasini ishlab chiqarish uchun tejamkor ishlab chiqarish tizimini yaratishgan.

2009-yilda Daniil va David Rossiyaning Birinchi kanali bilan „Mult Lichnosti“ nomli animatsion multserial yaratish uchun shartnoma imzoladilar. Bu serial 2009-yil 15-noyabrdan 2013-yil 24-fevralgacha efirga uzatilgan. Aka-ukalar biznesni rivojlantirish va innovatsiyalar bilan shugʻullanishgan, Mariya huquqiy yordam va kontentni boshqarishga ixtisoslashgan, Anna esa hamkori Dmitriy Azadov (Rossiyaning „Dyatlows“ nomli 3D animatsion seriali muallifi) bilan birgalikda ishlab chiqarishni nazorat qilgan. 2010-yilda Anna va Dmitriy „TV dastur badiiy rejissyorlari“ nominatsiyasida TEFI mukofotiga sazovor boʻlishggan.

2010-yilda David va Daniil „Brothers Ventures“ kompaniyasini tashkil etishgan. Firmaning eng yirik kelishuvi Coub bilan boʻlib, unga taxminan 1 million dollar miqdorida sarmoya kiritishgan.

2015-yilda aka-ukalar AQShga koʻchib oʻtishdi va notijorat tashkilotlar va kompaniyalar uchun xarajatlar va daromadlarni vizualizatsiya qilish uchun vidjet taqdim etuvchi Frank. Money startapiga asos solishgan. Vidjet donorlar va jahon hamjamiyati aʼzolariga real vaqt rejimida loyiha asoschisi yigʻilgan mablagʻlarni qanday sarflayotganini koʻrishga yordam beradi. Loyiha aka-ukalarning dunyo va tashkilotlarni yanada shaffof qilish missiyasi bilan bevosita bogʻliq.

2018-yilda Frank jamgʻarmasi taʼlim texnologiyalari sohasida grant olish uchun tanlov eʼlon qildi. Hack Club 2019-yilda keyingi xarajatlar va daromadlar boʻyicha toʻliq shaffoflik shartlarini qabul qilib, 1 million dollarlik grantni qoʻlga kiritgan. 2020-yil may oyida Elon Musk Hack Clubga 500 000 dollar xayriya qilgan.

2016-yil iyul oyida Mariya, Anna, Daniil va Devid Kernel ARga asos solishgan. Qoʻshimcha reallikdagi avatarlar uchun ilgʻor texnologiyalarni yaratgan kompaniya Snap Inc tomonidan 2016-yil oktyabr oyida sotib olingan. Aka-ukalar Snapchat ijodiy jamoasi aʼzolari hisoblanadi.

2021-yilda Daniil va David oʻz tadbirkorlik yoʻlini boshlash uchun Snapchatdan ketishgan.

Manbalar

Turkum:1980-yillarda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha tadbirkorlar Turkum:Rossiya tadbirkorlari Turkum:AQSHlik tadbirkorlar