Juma masjidi (; ), shuningdek, Minorali masjid nomi bilan ham tanilgan, Ozarbayjonning Balakən shahrida joylashgan masjid va tarixiy-meʼmoriy yodgorlik. Masjid qurilishi 1867-yilda boshlangan va 1877-yilda yakunlangan.
2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga muvofiq masjid milliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Balakən Juma masjidi Balakən shahridagi Mahammad Asadov koʻchasida joylashgan. Masjid devoridagi yozuvga koʻra, uning qurilishi 1867-yilda boshlangan va 1877-yilda yakunlangan. Yodgorlikning shimoli-gʻarbiy fasadida arab tilida yozilgan toʻrtta kitaba joylashtirilgan. Ushbu kitabalarda masjid qurilishini boshlab bergan shaxslar, qurilish sanasi, binoni barpo etgan usta hamda qurilish uchun yer hadya qilgan shaxs haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Masjidga kirish qismining yuqori chap burchagida nomi bitilgan Qozi Mahammad Dabir XIX asrda mintaqada mashhur boʻlgan diniy arbob boʻlgan. Shuningdek, nomi tilga olingan Usta Umar Ilisulu ham oʻz davrining taniqli hunarmandi boʻlib, Buyuk koʻprik va boshqa tarixiy yodgorliklar qurilishida ham ishtirok etgan.
Ozarbayjonda Sovet istilosidan soʻng 1928-yildan boshlab dinga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi koʻplab masjid, cherkov va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda klublar ixtiyoriga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda ularning soni 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta, 1933-yilda esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Shu davrda Balakən Juma masjidi ham yopilib, undan omborxona sifatida foydalanilgan. 1947-yildan esa masjiddan yana diniy maqsadda foydalanilgan. 1955, 1980 va 1996-yillarda Juma masjidi taʼmirlangan.
Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan milliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.
Kitabalar Masjidning kirish qismi oʻng tomonda joylashgan toshga suls yozuvida bitilgan ikkinchi kitabada quyidagilar yozilgan:
Masjidga kirish qismiining yuqori chap burchagidagi toʻrtburchak lavhada quyidagi soʻzlar bitilgan:
Ramka chetlarida suls yozuvida bitilgan quyidagi yozuv mavjud:
Meʼmorchiligi Masjid binosi daryo toshlaridan, minorasi esa pishiq gʻishtdan qurilgan. Qurilish jarayonida ohak va tuxum sarigʻi qorishmasidan foydalanilgan. Masjidning ichki va tashqi rejalari toʻrtburchak shaklda boʻlib, umumiy maydoni ni tashkil etadi. Balandligi boʻlgan minora asosiy binodan alohida qurilgan. Minora sakkiz qirrali shaklda boʻlib, oʻsimlik shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. Yuqoriga koʻtarilgani sari torayib borishi esa uni tabiiy taʼsirlarga yanada bardoshli qiladi.
Hovli maydoni boʻlib, ichki qismi 40 x 23 m oʻlchamga ega. Pol bilan shift orasidagi balandlik ni tashkil etadi. Kirish eshiklari oldida 6 ta ustun va 7 ta ravoqdan iborat ayvon mavjud. Namozxona 12 ta ustun, 26 ta ravoq va 16 ta derazadan iborat. Ustunlar pishiq gʻishtdan ishlangan. Masjidda 3 ta kirish eshigi mavjud boʻlib, har birining yuqorisiga kitabalar oʻyib yozilgan. Masjidning minbari yogʻochdan yasalgan.
Yana qarang
Ozarbayjonda Islom Ozarbayjondagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Kavkazdagi eng baland minorali masjid / Baku TV
Turkum:19-asr Ozarbayjondagi masjidlar Turkum:Ozarbayjondagi minorali masjidlar Turkum:Ozarbayjondagi masjidlar Turkum:1870-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:1877-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar