Sulton Ibrohim ibn Adham masjidi – sunniy masjid va maqbara, Suriyaning Loziqiya muhofazasi Jabla shahrida joylashgan. Masjid Saljuqiylar davriga oid boʻlib, keyinchalik Mamluklar va Usmoniylar davlati tomonidan takomillashtirilgan, shu ikki sulola davridagi qoʻshimchalar hozirgi zamonaviy binoda saqlanib qolgan. Masjidga VIII asr soʻfiy olimi va ulamosi Ibrohim ibn Adhamning nomi berilgan, rivoyatlarga koʻra u masjiddagi ziyoratgohga dafn etilgan.
Tarixi Ibrohim ibn Adham vizantiyaliklarga qarshi dengiz yurishi chogʻida vafot etgan va rimliklarga oid bir oroldagi qal’aga dafn qilingan. Qal’a joylashgan hudud bugungi kunda Suriya qirgʻogʻidagi Loziqiya muhafazasining Jabla shahri hududi ekanligi aytiladi. Hozirgi bino oʻrnida dastlab bir cherkov boʻlgan, ammo u buzib tashlangan. Ibrohim ibn Adham qabri ustiga qurilgan deb taxmin qilinadigan ilk inshoot ziyoratgoh boʻlib, u soʻfiy avliyo Ibrohim ibn Adhamga hurmat belgisi sifatida Saljuqiylar tomonidan barpo etilgan. Mamluklar hukmronligi davrida ziyoratgohga bir masjid qoʻshib qurilgan va unga minora biriktirilgan. Inshootga favvora va darvoza ham qoʻshilgan. Masjidning hozirgi ibodat zali aynan shu davrda qurib bitkazilgan. Keyinroq, Suriya ustidan Usmoniylar hukmronligi davrida masjid gumbazlari qurilgan va minora taʼmirlangan.
Meʼmorchiligi Masjidning oʻzaro tik burchak ostida joylashgan 3 ta kirish joyi bor: shimoliy kirish qismi toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq hovliga olib boradi, janubiy kirish qismi ziyoratgohga olib boradi, sharqiy kirish qismi esa qator omborxonalar tomon yoʻnaltiradi. Sharqiy kirish qismi, shuningdek, binoning yanada zamonaviy qismiga ham olib boradi. Masjid majmuasi 3 ta asosiy unsurdan iborat: ibodat zali, hovli va ziyoratgoh xonasi.
Namozxonasi, Mamluklar davriga tegishli boʻlib, asosan, gʻarbiy tomondan kiriladi va ochiq hovliga olib boradi. Devorlari 116.5 sm qalinlikda. Ibodat zalining yon tomonlaridagi derazalar oʻlchami va tuzilishi jihatidan bir xil boʻlib, kengligi 120 sm va balandligi 200 sm. Har biri toʻrtburchak shaklda boʻlib, ichki tomonida 2 ta yogʻoch romga ega. Masjid qiblasi ibodat zalining janubiy tomonida joylashgan boʻlib, mehrob va minbar shu yerda joylashgan. Minbar eski oq-kulrang marmardan yasalgan boʻlib, uning old qismida kichik yogʻoch eshik joylashgan, unda marmar naqshlar bilan oʻyib bezatilgan 2 ta eshik mavjud.
Masjid majmuasiga bir hammom biriktirilgan. Hammomning pol qismi nafis marmar bilan qoplangan.
Gallereya
Yana qarang
Suriya sunniy islom Suriyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:780-yillardagi tashkil etilganlar Turkum:8-asr masjidlari Turkum:Latakiya muhafazasidagi binolar va inshootlar Turkum:Suriyadagi Mamluklar davri masjidlari Turkum:Suriyadagi maqbaralar Turkum:Suriyadagi gumbazli masjid binolari Turkum:Suriyadagi minorali masjid binolari Turkum:Suriyadagi Usmonlilar davri masjidlari Turkum:780-yillarda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Saljuqiylar davri masjidlari Turkum:Soʻfiy masjidlari Turkum:Soʻfiy ziyoratgohlari Turkum:Sufism in Syria Turkum:Suriyadagi sunniy masjidlar