Rahim ( — mehribon, shafqatli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Rahim Abediy — Eronlik siyosatchi; Rahim Ali — hind professional futbolchisi; Rahim Avezmuratov — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Shuhrat ordenining toʻliq sohibi; Rahim Axmedov — rassom. Oʻzbekiston xalq rassomi (1961). Oʻzbekiston Badiiyot akademiyasi faxriy aʼzosi (1997); Rahim Bekjonov — fizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), fizika-matematika, fanlari doktori (1966), professor (1968); Rahim Hakimov — oʻzbek siyosatchisi, huquqshunos olim, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati; Rahim Hoshim — tojik adabiyotshunosi, tilshunos, tarjimon, yozuvchi; Rahim Inogʻomov — Oʻzbekistonda mustabid sovet rejimiga qarshi kurashgan milliy rahbar xodimlardan biri; Rahim Isoxoʻjayev — sozanda (doira). Oʻzbekiston xalq artisti (1969); Rahim Karimov — oʻzbek-qirgʻiz-rus yozuvchisi, shoir, publitsist, tarjimon, kinosenariychi, jurnalist; Rahim Komiljonov — dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981); Rahim Majidov — falsafa fanlari doktori (1982), professor (1987). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991); Rahim Mavlonov — Tojikiston SSR Kompartiyasi yetakchisi; Rahim Nurmuhamedov — xirurg va gerontolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1970); Rahim Olimjonov — entomolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950); Rahim Otajonov — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975); Rahim Pirmuhamedov — birinchi oʻzbek kinoaktyorlaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1948); Rahim Qayumov — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994); Rahim Qoriyev — teatr arbobi. Oʻzbekiston (1967) va qoraqalpogʻiston (1957)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi; Rahim Rahmonov — davlat va jamoat arbobi; Rahim Vohidov — sovet va oʻzbek adabiyotshunosi, fidoyi ustoz, filologiya fanlari doktori (1988), dotsent (1975), professor (1990); Rahim Xaitov — sovet va rus immunologi, Rossiya Fanlar akademiyasi, RTHA (Rossiya tibbiyot hamshiralar assotsiatsiyasi) akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rahimbek Stamkulov — sovet va qirgʻiz futbolchisi, darvozabon, futbol murabbiyi; Rahimberdi Matchonov — kulol, koshinkor usta; Rahimboy Rahimov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Familiyalar Rahimov Rahimova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari