Turkiya yahudiylar tarixi ( yoki ; ; () hozirgi Turkiyada yahudiylar yashagan 2400 yilni qamrab oladi.
Onadoʻlida milodning boshidan beri yahudiy jamoalari mavjud. Usmonlilar davridan oldin Onadoʻlidagi yahudiylar asosan yunon tilida soʻzlashuvchi romanyotlardan iborat bir nechta tarqoq qaraim jamoalari mavjud edi. XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Alhambra farmoni bilan Ispaniya, Portugaliya va Janubiy Italiyadan quvilgan koʻplab sefardlar Usmonli imperiyasi boʻylab, shu jumladan hozirgi Turkiya tarkibiga kiruvchi hududlarda boshpana topadilar. Bu oqim Usmonli yahudiylarining oʻziga xos ustuvorligini shakllantirishda hal qiluvchi rol oʻynagan.
XVI asrning oxiriga kelib, Usmonli imperiyasidagi yahudiylar Polsha va Ukraina (75 000) dagi yahudiylarga nisbatan ikki baravar (150,000) koʻp boʻlgan (dunyodagi eng katta yahudiy jamoasi boʻlgan). Turkiyadagi yahudiy jamoasi yirik, xilma-xil va faol boʻlib, Birinchi jahon urushigacha Usmonli yahudiylarining asosini tashkil etgan. Birinchi jahon urushidan keyin jamoa faoliyati keskin susayib ketdi. Jamoaning koʻpchilik qismi Isroil, Fransiya va Amerikaga koʻchib ketgan. Isroildagi turk yahudiylari sefardlar jamoasining yetakchilariga aylanganlar.
Bugungi kunda yahudiylarning aksariyati Istanbulda, qolganlari Izmirda hali ham kamtarona hayot kechiradi. Ammo aksariyat Turkiya yahudiylari Isroilda yashaydi. Yahudiylar Turkiyada arman, yunon va bolgarlar bilan birga rasman tan olingan toʻrtta etnik ozchilikdan biridir.
Tarixi Rim va Vizantiya boshqaruvi davri
Ibroniycha Injilda yozilishicha, Nuh kemasi Sharqiy Onadoʻlidagi Ararat togʻining choʻqqisiga tushgan (Turkiya, Armaniston va Eronning hozirgi chegaralaridagi Armaniston togʻligi).
Milodiy I asrda yahudiy tarixchisi Iosif miloddan avvalgi III asr oxirida Lidiya va Frigiyada yahudiy diasporalari yashaganligini tasdiqlovchi qaydlarni keltirib oʻtadi, bu jamoa Salavkiy Antiox III tomonidan 2000 oilani koʻchirish orqali tashkil etilgan. Iosif Onadoʻlidagi koʻplab shaharlarning kelib chiqishi yahudiylarga bogʻliqligini qayd etadi, ammo ushbu parchalar uchun foydalanilgan manbalarining aksariyati anʼanaviy boʻlganFlavius Josephus, The Antiquities of the Jews (Project Gutenberg eText, William Whiston trans., 2006), Chapter 1, Book 1.. Sardis va boshqa markazlardagi yahudiylar Rim Respublikasining soʻnggi davrlarida fuqarolik imtiyozlarini qoʻlga kiritadilar.
Yangi Ahdda Onadoʻlidagi yahudiylar haqida: Havoriy hujjatlarining 14:1 qismida Iconium (hozirgi Konya) va 19:1 qismida esa Efesda hamda Havoriy Pavelning efesliklarga yoʻllagan maktubida sinagoga mavjud ekanligi koʻp eslatib oʻtilgan. Galatiyaliklarga yoʻllangan maktub ham bir vaqtlar yahudiylar yashaydigan Galatiyaga qaratilgan.
Ashyoviy dalillarga koʻra, miloddan avvalgi IV asrdan beri Onadoʻlida, ayniqsa Sardis shahrida yahudiylar jamoasi yashagan. Rim va Vizantiya imperiyalarining Anadolu yerlarida nisbatan yaxshi integratsiyalashgan va maʼlum huquqiy immunitetlarga ega yunon tilida soʻzlashuvchi yahudiy jamoalari boʻlgan.
Yahudiylarining soniga baʼzi Vizantiya imperatorlarining Onadoʻli yahudiylarini nasroniylikka majburlab oʻtkazishga urinishlari katta taʼsir koʻrsatmagan, chunki bunday urinishlardan juda kam muvaffaqiyatga erishilganG. Ostrogorsky, History of the Byzantine State. Vizantiya hukmronligi ostida Kichik Osiyodagi yahudiylar ahvolining aniq holati hali ham tarixchilar tomonidan oʻrganilmoqdaFor a sample of views, see J. Starr The Jews in the Byzantine Empire, 641–1204; S. Bowman, The Jews of Byzantium;, R. Jenkins Byzantium; Averil Cameron, "Byzantines and Jews: Recent Work on Early Byzantium", Byzantine and Modern Greek Studies 20. Vizantiya aholisi va hokimiyat vakillari tomonidan baʼzan dushmanlik munosabatlari kuzatilganligi haqida ayrim maʼlumotlar mavjud. Ammo oʻsha davrda Gʻarbiy Yevropadagi kabi (pogromlar, yoqish, ommaviy surgunlar va h.k.) keng tarqalgan tizimli taʼqib Vizantiyada boʻlmaganligi taxmin qilinadi.
Yahudiylar Onadoʻliga miloddan avvalgi oltinchi asrdan miloddan avvalgi 133-yilgacha boʻlgan davr mmobaynida rimliklar bilan bir paytda kelgan. Ular romanyotlar boʻlib, birinchi marta Frigiya va Lidiyaga joylashganlar. 2020-yil Side shahrida VII asrga oid sinagoga topilgan.
Usmonli davri
Usmoniylar hukmronligi bilan bogʻliq birinchi sinagoga 1324-yil Usmoniylar boshqaruviga oʻtgan Bursadagi „Ets ha-Xayim“ () dir. Bursadagi yahudiylar taxminan 140 kishigacha qisqargan boʻlsa-da, sinagogadan hali ham foydalanilmoqdaInternational Jewish Cemetery Project – Turkey .
Usmoniylar imperiyasida yahudiylarning mavqei koʻpincha sultonning injiqliklariga bogʻliq edi. Masalan, Murod III barcha musulmon boʻlmaganlar „kamtar va gʻarib“ boʻlishi kerakligini, „masjidlar yoki baland binolar yaqinida yashamasliklari“ va qullarga ega boʻlmasliklari kerakligini buyurgan boʻlsa-da, boshqa sultonlar bagʻrikengroq boʻlganlar.
Turklar hukmronligi ostidagi yahudiylar tarixidagi birinchi yirik voqea imperiya Konstantinopol ustidan nazoratni qoʻlga kiritgandan soʻng sodir boʻlgan. Fotih Mehmed Konstantinopolni zabt etgach, shahar tartibsiz ekaniga guvoh boʻlgan. Koʻplab qamallar, 1204-yilda salibchilarning vayronkor talon-taroji va 1347-yilda Qora oʻlat tarqalishi shaharning avvalgi holatiga putur yetkazganThe Black Death, Channel 4 – History.. Mehmed shaharni yangi poytaxti boʻlishini xohlaganligi sababli, uni qayta qurishga qaror qilgan.
Konstantinopolni qayta tiklash uchun imperiyasining barcha hududlaridan musulmonlar, nasroniylar va yahudiylarni yangi poytaxtga koʻchirishni buyuradi. Bir necha oy ichida Bolqon va Onadoʻlidan kelgan imperiya romanyotlarning aksariyati Konstantinopolda toʻplangan, ular shahar aholisining 10 foizini tashkil qilganAvigdor Levy; The Jews of the Ottoman Empire, New Jersey, (1994). Shu bilan birga, majburiy koʻchirish, yahudiylarga qarshi chora sifatida moʻljallanmagan boʻlsa-da, yahudiylar tomonidan „quvilish“ sifatida qabul qilinadi. Ushbu talqinga qaramay, romanyotlar bir necha oʻn yillar davomida imperiyadagi eng nufuzli jamoa boʻlgan. Sefard muhojirlarining koʻchib kelishi bilan ushbu mavqedan asta-sekin mahrum boʻlgan.
Romanyotlar soni 1421—1453-yillarda Usmonli imperiyasiga koʻchib kelgan ashkenazilarning kichik guruhlari tufayli ortadi. Bu muhojirlar orasida kelib chiqishi fransuz ( sarfati yahudiy tilida fransuz degan maʼnoni anglatadi), Germaniyada tugʻilgan yahudiy ravvini Ishoq Sarfati ham bor edi. Edirne shahrining bosh ravvini boʻladi va Yevropa yahudiylarini Usmonli imperiyasiga koʻchib kelishga daʼvat etgan maktub yozadi. Ushbu maktubida: „Turkiya – hech narsadan kam boʻlmagan yurt“, deya taʼkidlab, shuningdek: „Musulmonlar hukmronligi ostida yashash nasroniylar qoʻl ostida yashashdan yaxshiroq emasmi?“ degan savolni oʻrtaga qoʻyganB. Lewis, "The Jews of Islam", New York (1984), pp. 135 – 136.
Yahudiylarning Onadoʻli eyolati va Usmonli imperiyasiga yoʻnalgan eng yirik oqimi Fotih Mehmedning vorisi Boyazid II (1481—1512) hukmronligi davrida yuz bergan. Bu jarayon Ispaniya, Portugaliya, Neapol va Sitsiliya qirolliklaridan yahudiylarning quvgʻin qilinishi ortidan sodir boʻlgan. Sulton rasmiy taklifnoma eʼlon qiladi va quvgʻinlar imperiyaga juda katta nufuslarda kela boshlagan. 1492-yilda 40 mingdan ortiq ispan yahudiylari Ispaniya inkvizitsiyasidan qochib chiqishi muhim burilish nuqtasi boʻldiKamen, Henry (1998). The Spanish Inquisition: a Historical Revision. Yale University Press. .. Oʻsha paytda Konstantinopol aholisi Salib yurishlari davridagi qamal va Qora oʻlat oqibatida atigi 70 ming kishi boʻlgan, yahudiylarning koʻchib kelishi esa shahar aholisini qayta koʻpaytirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu yahudiy jamoasi asosan Konstantinopol hamda Saloniki shaharlarida joylashganlar.
Yahudiylar Usmonli imperiyasida turli ehtiyojlarni qondirdilar: musulmon turklar, asosan, savdo-tijorat faoliyatiga unchalik qiziqish bildirmagan va shu bois tijoriy mashgʻulotlarni diniy ozchilik vakillariga topshirgan edilar. Shuningdek, usmonlilar yaqinda zabt etilgan hududlardan boʻlgan nasroniy fuqarolarga ishonchsizlik bilan qaraganlari sababli, bu holat tatbiq etilmaydigan yahudiy fuqarolarni afzal koʻrish tabiiy hisoblanganH. Inalcik; The Ottoman Empire: The Classical Age 1300–1600, Phoenix Press, (2001).
Sefardlarga imperiyaning eng boy shaharlarida joylashishga ruxsat beriladi. Ayniqsa Rumeliya (Yevropadagi viloyatlar – Konstantinopol, Sarayevo, Saloniki, Adrianopol va Nikopolis kabi shaharlar), Gʻarbiy va Shimoliy Onadoʻli (Bursa, Aydin, Tokat, Tire, Manisa va Amasya) hududlari muhim oʻrin tutgan. Shuningdek, Oʻrta yer dengizi boʻyi mintaqalarida ham (Quddus, Safed, Damashq va Misr) sefardlar istiqomat qilganlar. Izmir shahriga esa ispan yahudiylari keyinroq, yaʼni keyingi davrlarda joylasha boshlagan.
Quddusdagi yahudiylar 1488-yilda 70 oiladan XVI asr boshlariga kelib 1500 oilagacha koʻpaygan. Safeddagi yahudiylar soni esa 300 oiladan 2000 oilagacha oshib, ahamiyati jihatidan deyarli Quddusdan ham ustun boʻlib boradi. Damashqda 500 oiladan iborat sefard jamoasi yashagan. Konstantinopolda esa 44 ta sinagoga, 30 ming yahudiy jamoasi yashagan. Boyazid yahudiylarga Oltin Muguz boʻylarida istiqomat qilishga ruxsat beradi. Misr eyaleti, ayniqsa Qohira shahri, koʻplab surgun qilinganlarni qabul qilgan va ular tez orada mustaʼarabiy yahudiylar sonidan ham oshib ketgan. Asta-sekin sefardlarning asosiy markazi Saloniki shahriga aylanadi; bu yerda Ispaniya yahudiylari tez orada boshqa millatlarga mansub dindoshlaridan, hatto maʼlum bir davrda shahar mahalliy aholisi sonidan ham ortib ketadi.
Usmoniylar imperiyasida yahudiylarning mavqei koʻpincha boʻrttirib koʻrsatilgan boʻlsa-daB. Lewis, The Jews of Islam, PUP, (1987) 137–141, ularga bagʻrikenglik koʻrsatilganini inkor etib boʻlmaydi. Millet tizimida ular boshqa milletlar bilan bir qatorda din asosida jamoa sifatida tashkil etilgan (masalan Sharqiy Pravoslav cherkovi, Arman Apostol cherkovi milleti va boshqalar). Millet doirasida ular sezilarli darajada maʼmuriy avtonomiyaga ega boʻlganlar va Hahambashi (bosh ravvin) tomonidan taqdim etilgan. Gʻarbiy xristian mamlakatlarida keng tarqalgan kasblarga oʻxshash, yahudiylar shugʻullanishi mumkin boʻlgan kasblarda hech qanday cheklovlar yoʻq ediL. Stavrianos; The Balkans since 1453, NYU Press (2000). Yahudiylar yashashi yoki ishlashi mumkin boʻlgan hududlarda cheklovlar mavjud edi, ammo bunday cheklovlar boshqa dinlarning Usmonli fuqarolariga ham qoʻyilgan.
Barcha musulmon boʻlmaganlar singari, yahudiylar ham hiroj – „jon soligʻi“ toʻlashlari kerak edi va kiyim-kechak, ot minish, armiya xizmati va boshqa cheklovlarga duch kelishdi, ammo vaqti-vaqti bilan ulardan voz kechilishi yoki chetlab oʻtilishi mumkin boʻlganD. Quataert, The Ottoman Empire, 1700–1922, CUP, 2005. Usmonlilar saroyi va maʼmuriyatida yuqori lavozimlarga erishgan yahudiylar orasida Fotih Mehmedning moliya vaziri (daftardor) Hekim Yakup Posho, uning portugaliyalik shifokori Muso Hamon, Murod II ning shifokori Isʼhoq posho va Misrdagi tanga zarbxonasi ustasi Abraham de Kastro bor.