Dahis va al-Gʻabra () Gʻatafanning ikki qabilasi oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuv. Mojaro ot poygasiga pul tikish bahsidan kelib chiqib, milodiy VI asrda yuz bergan. Kelib chiqishi
Banu Abs qabilasi sarodir Qays ibn Zuhayr Banu Zubyan qabilasi sarodir Huzayfa ibn Badr bilan ot poygasi boʻyicha garov oʻynagan edi. Qays Dahis laqabli otni, Huzayfa esa al-Gʻabra laqabli otni keltirdilar. Gʻolib raqib qabiladan kamida yuzta tuya olardi.
Poyga vaqtida Banu Zubyan oʻz qabilasidan bir necha kishini Dahis laqabli otni chalgʻitish uchun yubordi. Natijada, Dahis sekinlashib, uning raqibi al-Gʻabra gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Banu Abs boʻlib oʻtgan voqeadan xabar topgach, aralashuv boʻlmaganda oʻzlari gʻalaba qozonishlari mumkinligini asos qilib, Banu Zubyandan yuzta tuya toʻlashni talab qildi. Biroq, Huzayfa ibn Badr toʻlovni rad etgach, Banu Abs javoban uning akasini pichoqlab oʻldirdi. Banu Zubyan esa Qays ibn Zuhayrning ukasini pichoqlab, javob qaytardi. Pichoqlashlar qabilalar orasida bir qator qonli zoʻravonliklarni keltirib chiqardi. Urush Urushning borishi Janglar taxminan qirq yil davom etdi. Islomgacha boʻlgan davr shoiri Antarah ibn Shaddod urushda ishtirok etgan jangchilardan biri boʻlib, Banu Abs qabilasi tomonda jang qilgan. Boshqa arab qabilalari, jumladan Havazin va Tayy mazkur mojaroda Banu Zubyanni qoʻllab-quvvatladilar. Janglarda yuzdan ortiq odam halok boʻldi. Halok boʻlganlar orasida Huzayfa ibn Badr va Antarah ibn Shaddod ham bor edi. Biroq, Banu Absning ayrim aʼzolari al-Yamama orqali oʻtadigan Laxmiylar karvonlarini qoʻriqlash maqsadida jangga kirishishdan oʻzlarini tiyib turdilar-Ghubra |url=https://www.qssas.com/story/5333 |website=Qassas|archive-url=https://web.archive.org/web/20191020220356/https://www.qssas.com/story/5333 |archive-date=2019-10-20 }}</ref>. Oʻsha paytdagi Laxmiylar hukmdori an-Nuʼmon III ibn al-Munzir Banu Abs qabilasiga, agar qabila karvonlarni muvafaqqiyatli muhofaza qila olsa, mukofotlar vaʼda qilgan edi. Bu esa Banu Zubyan qabilasining hasadini keltirib, mojaroni yanada kuchaytirdi. Urushning yakunlanishi Qoʻshni qabilalardan boʻlgan ikki savdogar, al-Horis va Ibn Sinon, mojaroni bartaraf etish uchun vositachi boʻldilar. Ular nafaqat Banu Abs va Banu Zubyan qabilalari uchun, balki urush davomida halok boʻlgan barcha qabila boshliqlari uchun ham qon haqi toʻlashni taklif qildilar. Banu Abs va Banu Zubyan oʻrtasida sulh tuzilib, mojaroga chek qoʻyildi. Vaqt oraligʻi Mojaro taxminan 494—534-yillarda boʻlib oʻtgan Basus urushidan bir necha yil keyin yuz berdi. Bu esa mojaro VI asrda yuz berganini anglatadi. Sir William Muir mojaroni milodiy 568—609-yillarda sodir boʻlgan, deb hisoblaydi. Manbalar
Turkum:6-asr ziddiyatlari Turkum:Islomdan avvalgi Arabiston urushlari