Dorülhadis masjidi () – Turkiyaning Edirne shahrida joylashgan masjid. 1435-yilda Sulton Murod II tomonidan Tunca daryosi boʻyida bunyod etilgan. Inshoot aslida masjid yoki madrasa sifatida qurilgani borasida bahslar mavjud va bu borada turli qarashlar bildirilgan. Bolqon urushlari vaqtida uning minorasi Bolgariya artilleriyasi oʻqi bilan vayron qilingan. Masjidning qibla tomonida ikkita qabr mavjud. Bu qabrlar ichida Sulton Murod II ning ikki oʻgʻli, Sulton Mustafo III va Sulton Ahmad IIIning farzandlari dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:1420-yillarda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar