Xalqobod – Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida joylashgan mahalla. 1997-yil 1-avgustda Gʻuzor tumani hokimining qarori bilan tashkil etilgan. Mahalla Gʻuzor tuman markazidan taxminan 8 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, umumiy yer maydoni 184 gektarni tashkil qiladi.
Aholi Mahallada jami 5 310 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 2 592 nafari ayollar. Mehnatga layoqatli aholi soni 1 250 nafarni tashki etadi. Aholining bir qismi turli tashkilotlarda, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatida, chet elda mehnat migratsiyasida, ta'lim olishda va norasmiy iqtisodiy sohada band. Mahallada 1086 ta xonadon mavjud.
Infratuzilma Mahallada 2 ta davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari mavjud: bular 22-sonli hamda 71-sonli maktablar. 22-maktab 1969-yilda qurilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 6 tani tashkil etib, shundan 1 tasi davlatniki boʻlsa, 5 tasi xususiy sektorga tegishli.
Manbalar