Rovine jangi 1395-yil 17-mayda boʻlib oʻtganOstrogorsky, George. History of the Byzantine State, p. 551. Published by Rutgers University Press, 1969. .. Voyvoda Mircea boshchiligidagi Valaxiya qoʻshini sulton Boyazid I boshchiligidagi Usmoniylar bosqiniga qarshi turgan. Turk qoʻshini son jihatidan Valaxiya qoʻshinidan ancha ustun edi. Rivoyatga koʻra, jang arafasida Mircea cel Bătrân tinchlik elchisi libosida sulton Boyazid bilan suhbatlashib, undan Valaxiyani tark etishni soʻragan va orqaga qaytishi uchun xavfsiz yoʻl vaʼda qilgan. Biroq sulton Boyazid magʻrurlik bilan jang qilish maqsadida qattiq turib olgan. Jang natijasi bahsli.
Joylashuvi Olim Idris Bitlisi jang maydonini „togʻli va xavfli joy“ deya taʼriflagan, ammo koʻpchilik manbalar jang Arjesh daryosi yaqinida boʻlib oʻtganini koʻrsatadi.
Jang Jang chogʻida Valaxiya oʻqchilari muhim taktik rol oʻynab, dastlabki hujum vaqtida Usmoniylar safini ancha qisqartirishga muvaffaq boʻlganCronica bulgară la I. Bogdan, Ein Beitrag zur bulgarischen und serbischen Geschichtschreibung, în Archiv für slavische Philologie, p. 530. The historical sources mention that the sun was blocked out by a vast number of arrows.. Boyazidning vassallari – serb hukmdorlari, oʻsha davrning ikki buyuk ritsari Stefan Lazarevich va Marko Mrnjavčević ham urushda qatnashib, mardonavor jang qilgan. Stefan jangda katta jasorat koʻrsatgan, Marko esa shu yerda halok boʻlgan.
Muqobil tarixiy qarashga koʻra, bu keskin toʻqnashuv faqat 1 kun emas, balki butun 1 hafta davom etgan. Qattiq jang har ikki tomon uchun ogʻir talofatlar bilan olib kelgan, oqibatda, har ikki qoʻshin ham jang maydonidan chekingan. Garchi valaxiyaliklar dushmanni ortga surgan boʻlsalar-da, Usmoniylar sultonning shaxsiy gvardiyasi, yaʼni yanicharlarga tayangan holda egallab turgan pozitsiyasini himoya qilishga muvaffaq boʻlgan. Mirceaning qoʻshini, ogʻir talofatlarga uchragan, ular sulton qarorgohining mudofaasini yorib oʻtolmaganidan keyin, oxir-oqibat chekinishga majbur boʻlgan. Usmoniylar imperiyasi bu safar Valaxiyani zabt eta olmaganligi bois Rovine jangi Ruminiya tarixidagi eng muhim janglardan biri boʻlib qolmoqda.
Natija Baʼzi tarixchilar jangni Valaxiya gʻalabasi sifatida qayd etadilar. Shu bilan birga, Halil İnalcık, Sherif Bashtav va Jan Sedlar jangni Usmoniylar gʻalabasi bilan yakunlangan deb hisoblaydilar. Boshqa manbalarda esa jang yakuni noaniq boʻlgan, yaʼni hal qiluvchi natija bermagan deb koʻrsatiladi.
Yana qarang Argeș jangi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1395-yil Yevropada Turkum:Usmonli imperiyasi ishtirokidagi janglar Turkum:Valaxiya ishtirokidagi janglar Turkum:Oʻrta asrlarda Serbiya ishtirokidagi janglar Turkum:1390-yillarda Usmoniylar imperiyasi Turkum:14-asrda Serbiya Turkum:Boyazid I