Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida“ 2018-yil 2-apreldagi OʻRQ-464-son Qonuniga muvofiq, har yilning 18-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Kasb bayrami munosabati bilan uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir qator xodimlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-dekabrdagi 1004-son qarori bilan taʼsis etilgan "Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, respublikamizda uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda sohadagi ilgʻor yutuqlarni oʻzida aks ettirgan telekoʻrsatuvlar, lavhalar, radio eshittirishlar va internet nashrlarida turkum maqolalar tayyorlangan holda jamoatchilikka yetkaziladi. Manbalar