Mahfuzur Rahmon Namiy (1911-yil may – 1963-yil 17-noyabr) hindistonlik ulamo, siyosatchi va yozuvchi edi. U Jomiya Miftahul Ulum va Dorul Ulum Deoband bitiruvchisi edi. U Madrasai Nurul-Ulum va Azad Inter Collegeni Bahraichda tashkil etgan.

Hayoti Namiy 1911-yil may oyida tugʻilgan. U dastlabki taʼlimini Jomiya Miftahul Ulumda Abulatif Nomoniy va Habibur Rahmon Aʼzamiy bilan tamomlagan. Namiy hijriy 1344yilda Dorul Ulum Deobandga oʻqishga kirgan va u yerda Husayn Ahmad Madaniy, Izaz Ali Amrohiy va Ibrohim Balyaviydan saboq olgan. U hijriy 1348-yilda bu dargohni tugatgan.

Namiy Bahraichda Madrasai Nurul-Ulumni tashkil etgan. Shuningdek, u Mavlono Azad Nurul-Ulum oʻrta maktabini (hozirgi Azad Inter College) Bahraichda barpo etgan. U 1946-yilgi Hindiston viloyat saylovlarida Hindiston Milliy Kongressi nomzodi sifatida qatnashgan. 1946-yildan 1951-yilgacha Uttar-Pradesh qonunchilik assambleyasi aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan. U Taʼlim vazirligida parlament kotibi lavozimida xizmat qilgan. Hijriy 1359-yilda Dorul Ulum Deoband uni Muhammad Tayyib Qosimiy va Hifzur Rahmon Seoharviy bilan birga Aligarh musulmon universiteti sud aʼzosi etib tayinlagan.

Namiy 1963-yil 17-noyabr kuni Bahraichda vafot etgan va Shoh Naʼimulloh Bahraichiyning qabri yoniga dafn etilgan.

Adabiy ishlari Namiy Miftah al-Qurʼon asarini yozgan boʼlib, u Azadvilldagi islomiy madrasalardan biri – Dorul Ulum Azadvill oʻquv dasturiga kiritilgan. Uning boshqa asarlari quyidagilardan iborat: Muallim ul Qurʼon Rahmoniy Qoida Hilol bogʻ Musulmonon-e Hind ka taʼlimiy masala

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:1963-yilda vafot etganlar Turkum:Dorul Ulum Deoband bitiruvchilari Turkum:Musulmon yozuvchilar Turkum:20-asr hindistonlik olimlari Turkum:Deobandiylar