Karacabey Belediyespor – Turkiyaning Bursa viloyatiga qarashli Karacabey tumanida joylashgan futbol klubi.
Tarixi Klub 1999-yilda Nilüfer tumanida „Nilüfer Belediyespor“ nomi bilan tashkil etilgan. 2008-yilda futbol boʻlimi alohida ajralib chiqib, „Bursa Nilüferspor A.Ş.“ nomi ostida mustaqil faoliyat yurita boshlagan. Bunga davlat tomonidan mahalliy hokimiyatlarga professional futbol klublarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularga huquqiy egalik qilishni cheklovchi tartib-qoidalar joriy etilgani sabab boʻlgan KARACABEY BİRLİKSPOR GELİYOR baskf.org.tr. Retrieved 20 February 2022..
2016-yilda Karacabey munitsipalitetiga aloqador tadbirkorlar klub aksiyalarini sotib olib, uning nomini „Karacabey Birlikspor A.Ş.“ga oʻzgartirgan. 2018-yil avgust oyida esa klub hozirgi „Karacabey Belediye Spor“ nomini qabul qilgan Karacabey Birlikspor’un İsmi Ve Logosu Değişti Milliyet, 2 August 2018. Retrieved 20 February 2022..
Stadioni 2 722 nafar tomoshabinga moʻljallangan „Mustafa Fehmi Gerçeker“ arena klubning uy stadioni hisoblanadi. Stadion nomi Mustafa Fehmi Gerçeker sharafiga qoʻyilgan boʻlib, u Bursa viloyatidan chiqqan turkiyalik ilohiyotshunos va siyosatchi boʻlgan.
Hozirgi tarkibi
Manbalar
Turkum:Turkiya futbol klublari Turkum:2008-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Bursa viloyati