Al-Mahdiy Ahmad ibn Yahyo yoki Ahmad ibn Yahyo ibn al-Murtazo () (1363/1374 – 1436) moʻtazila olimi va imom, zaydiya davlatining Yamandagi imomi boʻlib, 1391–1392-yillarda qisqa muddat imomlik qilgan. U ensiklopedist va turli sohalarda sermahsul yozuvchi boʻlgan.
Ahmad ibn Yahyo zaydiy imom ad-Daʼiy Yusufning (1012-yilda vafot etgan) 12-avlod avlodi edi. Toʻliq ismi: al-Mahdiy Ahmad ibn Yahyo ibn al-Murtazo ibn Ahmad al-Javod ibn al-Murtazo ibn al-Mufazzal ibn al-Mansur ibn al-Mufazzal ibn al-Hajjoj ibn Ali ibn Yahyo ibn al-Qosim ibn ad-Daʼiy Yusuf.
1391-yilda keksa imom an-Nosir Muhammad Salohiddin vafot etganda uning oʻgʻillari hali voyaga yetmagan edi. Qozi ad-Davvariy ularning nomidan Yaman togʻli hududlaridagi zaydiy yerlarining vaqtinchalik boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi. Biroq zaydiy ulamolari Sanadagi Jamol ad-Din masjidida toʻplanib, Ahmad ibn Yahyoni 'al-Mahdī Ahmad' taxallusi bilan imom etib tayinladilar. Bu tayinlovni ad-Davvani tan olmadi va darhol marhum imomning oʻgʻli al-Mansur Ali ibn Salohiddinni imom qilib koʻtaradi. Al-Mahdiy Ahmad va uning tarafdorlari Sanadan Bayt Bavsga chekindilar va bir yil davomida ikki imom hokimiyat uchun kurash olib bordi. 1392-yilda al-Mahdiy Ahmad al-Mansur Alining qoʻshinlari tomonidan asir olinib, qamoqqa tashlandi. 1399-yilda soqchilar yordami bilan sobiq imom qamoxonadan qochib, 1436-yilda vabodan vafot etguniga qadar xoli holatda yashadiEncyclopaedia of Islam, Vol. V. Leiden 1986, p. 1241.. Al-Mahdiy Ahmad zaydiya imomligi uchun zarur boʻlgan maʼmuriy va harbiy salohiyatga ega boʻlmagan boʻlsa-da, u kalom, mantiq, sheʼriyat, nahv va fiqh boʻyicha salmoqli asarlar majmuasini yaratdiCarl Brockelmann, Geschichte der arabischen Litteratur, Vol I. Leiden 1943, pp. 238–240..
Asarlari Kitāb al-Baḥr az-zahhār: al-jāmiʻ li-madhāhab ʻulamāʼ al-amṣār; ilohiyot-fiqhiy ensiklopediya Kitāb al-milal va an-niḥal: min ajzāʼ Kitāb al-baḥr az-zakhār: al-jāmiʻ li-madhāhab ʻulamāʼ al-amṣār. Ṭabaqāt al-Mu’tazilah. Bāb zikr al-Muʻtazilah: min Kitāb al-Munya va-l-amal fī sharḥ kitāb al-Milal va-n-niḥal. Al-Mutazilah: being an extract from the Kitābu-l milal wa-n-niḥal. Al-Kāshif li-zavī al-ʻuqūl ʻan vujūh maʼānī al-kāfil bi-nayl as-suʼūl. Kitāb al-Munya va-'l-amal fī sharḥ al-milal va-'n-niḥal. ʻUyūn al-Azhār fī fiqh al-aʼimmah al-aṭhār.
Yana qarang Yaman imomlari Yaman tarixi
Manbalar
Turkum:1363-yilda tugʻilganlar Turkum:1436-yilda vafot etganlar Turkum:14-asr islom diniy yetakchilari Turkum:14-asr yamanliklar Turkum:XIV asr arablar Turkum:XV asr arablari