Tina va Milo Milano Kortina 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari va Qishki Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy talismanlari hisoblanadi. Ular ikki antropomorf suvsar hayvoni koʻrinishida tasvirlangan.

Tina va Milo 2026-yilgi Milano Cortina talismanlari dizaynlari uchun eʼlon qilingan, 1 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan ochiq soʻrovda gʻolib boʻlgan. Barcha dizaynlar 6–14 yoshdagi italiyalik oʻquvchilar tomonidan chizilgan. Istituto Comprensivo Taverna oʻquvchilari tomonidan yaratilgan Tina va Milo 53 foiz ovoz bilan gʻolib boʻlgan. Tanlov Fondazione Milano Cortina 2026 jamgʻarmasi va Italiya Taʼlim vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan. Talismanlarga nomlar Italiya shaharlaridan: Kortina d’Ampezzo (Tina) va Milan (Milo) olingan. Ularning dizaynlari 7-fevral kuni Sanremo musiqa festivali 2024da taqdim etilgan.

Tina va Milo opa-uka. Olimpiya talismani boʻlgan Tina oq moʻynali boʻlib, yangi narsalarni kashf etish uchun Italiya togʻlaridan shaharga koʻchib kelgan. Uning ukasi Milo – Paralimpiya talismani, jigarrang moʻynali va bir oyoqsiz tugʻilgan, biroq odatdagi oyoqlar oʻrniga dumidan foydalanib yuradi. Tina va Miloni yaratgan oʻquvchilar suvsarlar begʻuborlik va poklik timsoli ekanini, ularning moʻynasi ranglari har xil boʻlishi esa ikki qutblilik va xilma-xillikni ifodalashini taʼkidlashgan. Suvsarlar mavsumlarga qarab moʻyna rangini oʻzgartiradi, yozda jigarrang-oq, qishda esa butunlay oq boʻladi. Milano Cortina 2026 tashkiliy qoʻmitasi bu juftlikni „ilk Z avlodiga mansub talismanlar“ deb taʼriflagan. Tina va Miloga Flo deb ataluvchi, oltita antropomorf qor tomchigullari jamoasi hamrohlik qiladi. Flo talisman tanlovida ikkinchi oʻrin olgan dizaynlarga asoslangan boʻlib, Istituto Comprensivo Sabin di Segrate oʻquvchilari tomonidan yaratilgan. Ular umidvorlik va bardoshlilikni maʼnosini oʻzida mujassamlashtiradi.

2025-yilda Italiya 2026-yilgi Qishki Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarini yodga olish maqsadida bir qator Yevro tangalari dizaynlarini chiqardi, ulardan ayrimlarida Tina va Milo tasvirlari ham joy olgan edi.

Yana qarang Nogironligi boʻlgan xayoliy qahramonlar roʻyxati Xayoliy musteloidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:Olimpiya talismonlari Turkum:Sutemizuvchi talismonlar Turkum:2024-yilda joriy etilgan talismonlar Turkum:Xayoliy opa-singillar Turkum:Antropomorf hurkovlar Turkum:Italiyalik talismonlar Turkum:Xayoliy juftliklar Turkum:Milandan boʻlgan xayoliy qahramonlar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Turkum:2026-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlari Turkum:Nogironligi boʻlgan xayoliy qahramonlar Turkum:Paralimpiada maskotlari