Abulfath Ismoil ibn Nuriddin Mahmud ibn Imodiddin ibn Oq Sunqur az-Zangiy () yoki as-Solih Ismoil al-Malik () (1163–1181) – Zangiylar sulolasiga mansub hukmdor, 1174-yilda Damashq amiri va Halab amiri. Nuriddin Mahmud ibn Zangining oʻgʻli.
Biografiyasi 1174-yilda otasi vafot etgan paytda atigi 11 yoshda edi. Shundan soʻng as-Solihni xojasaroy Gümüshtekin himoyasiga olgan va Halabga olib ketilgan. Shu orada Nuriddinning amaldorlari hokimiyat uchun kurash olib borgan. Misrda Salohuddin as-Solihni oʻz hukmdori sifatida tan olgan boʻlsa-da, amalda Misr va Suriyani oʻz shaxsiy hokimiyati ostida birlashtirishga intilgan. 1174-yilda Salohiddin 4 oy davom etgan qamaldan soʻng Baʼlabakni egallagan va shundan keyin Damashqga kirib, oʻzini Ismoilning haqiqiy regenti deb eʼlon qilgan. 1176-yilda Salohuddin shahar tashqarisida Zangiylarni magʻlub etib, Ismatiddin Xotunga uylangan va Suriya hukmdori sifatida tan olingan. As-Solih 1181-yilda kasallik tufayli vafot etgan. Uning oʻlimidan soʻng Salohuddin Halabni oʻz nazoratiga olib, uni kengayib borayotgan Ayyubiylar sultonligi tarkibiga qoʻshganThe Damascus Chronicle of the Crusades, Extracted and Translated from the Chronicle of Ibn al-Qalanisi. H. A. R. Gibb, 1932 (reprint, Dover Publications, 2002). Salibchilar rivoyatlariga koʻra, uning onasi Tuluza grafi Bertranning singlisi boʻlgan Roziya Xotun boʻlib, uni Ikkinchi salib yurishidan keyin Nuriddin asir olgan. Shunga oʻxshash rivoyat as-Solihning bobosi Zangiyning onasi haqida ham mavjudThe Crusades, The Authoritative History of the War for the Holy Land, Thomas Asbridge, 2010.
Manbalar
Adabiyotlar
.
Turkum:1163-yilda tugʻilganlar Turkum:1181-yilda vafot etganlar Turkum:Atabeglar Turkum:Zangiy hukmdorlar Turkum:Damashqliklar