O‘ Oʻ – oʻzbek tili lotin alifbosining 25-harfi.

Yozilishi Oʻzbek tilida „oʻ“ (kirill yozuvida „ў“) va „gʻ“ (kirill yozuvida „ғ“) harflarini yozishda yoki yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul () (ʻ) (U+02BB), yoki chap yakka tirnoq () (‘) (U+2018) qoʻllanadi. Qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Shunday boʻlsa-da, Unicode Consortium saytida oʻzbekcha „oʻ“ va „gʻ” harflarini yozish uchun yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul ishlatilishi kerak, deyilgan. Undan tashqari U+2018 va U+2019 belgilarini ichki qoʻshtirnoq sifatida foydalanish zarurdir. Baʼzi dasturiy taʼminotlarda ushbu belgi qoʻshtirnoq sifatida ishlatilishi sababli soʻzlarni ajratishi mumkin, shuning uchun toʻgʻri belgi sifatida U+02BB dan foydalanish toʻgʻriroqdir.

Unicode kodiInglizcha nomiOʻzbekcha nomiMisol U+02BBmodifier letter turned commayozuvni oʻzgartuvchi teskari vergulOʻzbekiston U+2018left single quotation markchap yakka tirnoqO‘zbekiston Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʼzi bir saytlarda aynan shu belgi ishlatiladi. Aksar davlat saytlari boʻlsa chap yakka tirnoqni ishlatishadi. Asosiysi, ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, teshigi boʻyalgan 6 raqamiga oʻxshashi kerak (6). Koʻp shriftlarda bu 180 gradusga aylantirilgan vergulga oʻxshaydi.

Oʻzbek tilida yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul/chap yakka tirnoq tutuq belgisi oʻrnida ishlatilmasligi kerak: tutuq belgisi kirill yozuvidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida qoʻllanadi.

Muammolar Oʻzbek lotin yozuvida ʻ belgisini ishlatish koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi. Birinchidan, yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul yoki chap yakka tirnoq ishlatish kerakligi haqida rasmiy qoida yoʻq. Ikkinchidan, komputerlarda yozuvni oʻzgartuvchi teskari vergul uchun alohida klavisha yoʻq. Uchinchidan ko‘pchilik odamlar farqiga bormaydi.

Misollar Misol soʻzlar: gʻalati, oʻzbek; ammo ma’no, a’lo.

Yana qarang Ў ʻ (belgi)

Manbalar

Havolalar Oʻzbek lotin yozuvi klaviatura terilmasi