Gao Tingyu (1997-yil 15-dekabrda tugʻilgan, ) – erkaklar oʻrtasida 500 m masofasiga konkida yugurish boʻyicha Olimpiada rekordi sohibi va chempioni boʻlgan xitoylik tezkor konkida yuguruvchi. U 2022-yilgi Pekin qishki Olimpiada oʻyinlarining ham ochilish, ham yopilish marosimlarida Xitoy terma jamoasining bayroqdorlaridan biri boʻlgan.
Faoliyati Gao Tingyu oʻzining Olimpiya debyutini 2018-yilgi Pxyonchxan Olimpiada oʻyinlarida amalga oshirgan va erkaklar oʻrtasida 500 metrga tezkor konkida uchish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shu tariqa u Olimpiada oʻyinlarida tezkor konkida uchish boʻyicha medal olgan birinchi xitoylik erkak sportchiga aylandi.
Gao Tingyu 2022-yilgi Pekin qishki Olimpiada oʻyinlaridagi erkakalar oʻrtasida 500 metr masofaga konkida yugurish musobaqasida qatnashib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va 34,32 soniyalik natija bilan yangi Olimpiada rekordini oʻrnatdi, bu bilan u Olimpiada oʻyinlarida tezkor konkida yugurish boʻyicha oltin medal yutgan birinchi xitoylik erkak boʻldi.
2022-yil 8-aprelda u Xitoy Respublikasi Davlat kengashi tomonidan Pekin qishki Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga koʻrsatgan alohida xizmatlari uchun mukofotlangan.
2025-yil 8-fevral kuni, Xarbin Osiyo qishki oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan erkaklar oʻrtasida 100 metrga tezkor konkida yugurish musobaqasida Gao Tingyu 9,35 soniya natijaga erishib, oltin medalni qoʻlga kiritdi va yangi Osiyo rekordi oʻrnatdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2018-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari medal sovrindorlari Turkum:2022-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari medal sovrindorlari Turkum:2017-yilgi Osiyo qishki o‘yinlari medal sovrindorlari Turkum:2025-yilgi Osiyo qishki o‘yinlari medal sovrindorlari Turkum:21-asr xitoylik sportchilari