Sandra Abstreiter (1998-yil 23-iyulda tugʻilgan) – germaniyalik professional sportchi, xokkey darvozaboni. Professional ayollar xokkey ligasining (PWHL) Monreal Victoire jamoasida oʻyin olib boradi. Germaniya ayollar milliy xokkey terma jamoasi aʼzosi.

Sport faoliyati NCAA 2017–2018-yillarda 1-kursda oʻqiyotgan paytida Abstreiter mavsumidagi birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. Shundan soʻng, sportchi oʻzining „Friars“ jamoasi safidagi debyut ishtirokini 2018-yil 6-oktyabr kuni Shnayder arenasida „Bemidji State Beavers“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.

Abstreiter soʻngi kursda oʻqiyotgan paytida „Friars“ jamoasi tarkibidan oʻrin olgan va jamoa 2021-yilgi NCAA kollej talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan milliy xokkey turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Turnir chorak finalida reytingning eng yuqori pogʻonasidan joy olgan va yakunda chempionlikni qoʻlga kiritgan „Viskonsin Badjers“ jamoasiga qarshi uchrashuvda Abstreiter darvozani himoya qilib, mardonavor oʻyin namoyish etdi. Biroq uning jamoasi 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchragan.

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Germaniyalik ayol xokkey darvozabonlari Turkum:Yuqori Bavariyadan boʻlgan xokkeychilar Turkum:Ottava Charge oʻyinchilari Turkum:Monreal Victoire oʻyinchilari Turkum:21-asr germaniyalik sportchi ayollar