Yevgeniy Timofeyev (1994-yil 16-oktyabrda Bishkekda tug‘ilganFIS Biography) — qirg‘izistonlik tog‘ chang‘ichisi. U Qirg‘iziston nomidan 2014-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida slalom va gigant slalom bahslarida ishtirok etgan.
Dastlab Timofeyev terma jamoaga kiritilmagan edi. Yagona sportchi sifatida tog‘ chang‘ichisi Dmitriy Trelevski tanlangan, biroq u 12-fevral kuni mashg‘ulot paytida og‘ir jarohat olib, musobaqadan chiqishga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga murojaat qilib, Trelevskini Yevgeniy Timofeyev bilan almashtirgan.
2017-yil yanvar oyida Timofeyev Qirg‘izistonning 2017-yilgi Qishki Osiyo oʻyinlarida ishtirok etuvchi tarkibiga kiritildi.
2018-yil fevral oyida u yana Qirg‘iziston nomidan Pxyonchxanda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida gigant slalom yo‘nalishida chiqish qildi.
Shuningdek, u 2025-yilgi Qishki Osiyo oʻyinlarida ham Qirg‘iziston sharafini himoya qilgan.
Manbalar
Turkum:Qirg‘izistonlik sportchilar Turkum:Togʻ changʻi sporti Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:16-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻiziston kishilari