Kang Tae-hyun (Korean: 강태현; 2002-yil 5-fevralda tugʻilgan), Taehyun nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Together aʼzosi hisoblanadi.

Hayoti va karyerasi Taehyun 2002-yil 5-fevralda Janubiy Koreyaning Seoul shahrida tugʻilgan. U Hanlim Multi Art Schoolda tahsil olgan .

2019-yildan hozirgacha Taehyun Tomorrow X Together guruhida ommaga tanishtirilgan toʻrtinchi aʼzo boʻlib, u Big Hit Entertainmentda uch yil davomida tayyorgarlikdan oʻtgan. Guruh 2019-yil 4-mart kuni The Dream Chapter: Star nomli mini-albom bilan debyut qilgan. Ushbu albom Gaon Album Chart va Billboard World Albums Chart reytinglarida birinchi oʻringa koʻtarilgan.

Hamkorlik ishlari 2022-yil fevral oyida esa u amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Salem Ilesening „PS5“ nomli singlida, guruhdoshi Yeonjun hamda norvegiyalik DJ Alan Walker bilan birga ishtirok etdi.

2024-yil may oyida Taehyun yaponiyalik qoʻshiqchi va aktyor Tomohisa Yamashita bilan „Perfect Storm“ qoʻshigʻi ustida hamkorlik qildi. Ushbu qoʻshiq Fuji TVda namoyish etilgan „Blue Moment“ dramasida yangradi. 18-noyabr kuni Taehyun va HueningKai ENA seriali Brewing Love uchun yaratilgan saundtrek sifatida „Canʼt Stop“ singlini chiqardilar. 2025-yil 14-fevralda esa ushbu duet Netflix seriali Melo Movie uchun „Surfing in the Moonlight“ qoʻshigʻini taqdim etdi. 10-iyul kuni Taehyun Jvkening „Butterflies“ nomli singlida Kim Chaewon bilan birga ishtirok etdi.

Boshlovchilik faoliyati 2021-yil yanvar oyidan may oyigacha Taehyun guruhdoshi HueningKai bilan birga EBS radiosining „Listen“ dasturini qoʻshimcha-boshlovchi sifatida olib bordi. 2023-yil dekabr oyida Taehyun Academy Reincarnation nomli ilk shaxsiy veb-variety shousini olib bora boshladi. SK Broadband tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu shouda Taehyun turli akademiyalarga tashrif buyurib, yangi koʻnikmalarni oʻrganadi.

Manbalar

5-fevral tugʻulganalar|k-pop|Janubiy Koreyalik qoʻshiqchilar