Ahmad Hulusi (1945-yilda Istanbul, Turkiyada tugʻilgan) – Turkiyalik islomiy yozuvchi, uning asarlari falsafiy va diniy gʻoyalarga qaratilgan.

Hayoti U 1945-yil 21-yanvarda Istanbulning Jarrahposho tumanida tugʻilgan va onasi tomonidan maʼnosi „koʻp maqtalgan“ boʻlgan Ahmad, otasi tomonidan esa maʼnosi „samimiy“ boʻlgan Hulusi degan ismlarni olgan. U hayotining dastlabki 18 yilini faqat „Yaratganga“ ishonib, maʼlum bir dinga ergashmasdan oʻtkazdi. Diniy masalalar haqida soʻraganlarga har safar „soʻrama, faqat aytilganini qil“ deyilganligi sababli, u tashqi tomondan „din­siz“ hayot kechirgan. Otasi vafotidan uch kun oʻtib, 1963-yil 10-sentabrda, onasining iltimosini qaytarolmay, u juma namoziga bordi va aynan shu yerda dinni anglashga kuchli ilhom va istak sezdi. Oʻsha kuni u doimo tahoratli yurishga va belgilangan kundalik namozlarni (salo(t)) ado etishga qatʼiy ahd qildi.

U diniy taʼlimini Turkiya Diniy Ishlar Boshqarmasi tomonidan nashr etilgan sunniy hadislar toʻplamlaridan boʻlgan oʻn bir jildli "Sahih al-Buxoriy" va butun "Kutub as-Sitta"ni, shuningdek Turkiyaning eng mashhur Qur’on olimlaridan biri hisoblangan Elmalilining Qur’on tarjimasini oʻrganish bilan boshladi. Soʻng u zamonaviy fanlarni ikki yil davomida chuqur oʻrgandi. Shundan keyin u jiddiy ruhiy riyozatlar va chekinishlar (xalvatlar) davrini oʻtkazdi va bu uni 1965-yilda „Tajalliyot“ („Revelations“) nomli birinchi kitobini yozishga sabab boʻldi. Bu kitob u uchun ayniqsa muhim, chunki unda 21 yoshida shakllangan oʻziga xos gʻoya va ilohiy qarashlarining jamlanmasi ifoda etilgan. Shuningdek, 1965-yilda u yolgʻiz holda Makka shahriga borib, haj safarini ado etdi.

Ahmad Hulusi oʻzining dinni tushunishini Qur’onda Alloh deb nomlangan Zot tomonidan bildirilgan tizim va tartibga asoslaydi hamda Muhammad orqali ochib berilgan haqiqatni „oʻqish“ga oʻzini bagʻishlagan. Hulusi borliqning yagonaligi va mavjudotning birligiga eʼtibor qaratadi va buni Alloh deb ataydi. U Qur’on va Sunnatni mazmundan uzib emas, balki ularning ruhini anglash zarurligini taʼkidlaydi. U oʻz qarashlarini veb-sayti dagi yozuvlari orqali baham koʻradi. Mashhur islom huquqi toʻplamlarini oʻrgangan va koʻplab taniqli soʻfiy avliyolar (valiy) va olimlarining asarlarini tahlil qilgan holda, u topilmalarini ilmiy haqiqatlar bilan uygʻunlashtirib, ularni yagona haqiqat tizimi sifatida taqdim etadi.

Oʻzini reklama qilishdan tiyilish maqsadida, u soʻnggi 40 yil ichida yozgan birorta kitobiga familiyasini qoʻymadi. U oʻzini hech kimga murabbiy yoki ustoz deb bilmaydi, odamlar bilan juda kam aloqada boʻlishni tanlaydi. Bir necha soxtakorlar oʻzini Ahmad Hulusi deb tanitishni boshlagach, u kitoblariga surati qoʻyishga majbur boʻldi.

U hech qachon hech qanday siyosiy, ijtimoiy, diniy tashkilot, jamgʻarma yoki muassasa aʼzosi boʻlmagan. U hayotini jurnalist sifatida islomiy tasavvuf, yaʼni soʻfiylik va zamonaviy fanlarni tadqiq etishga sarflagan.

1997-yil 28-fevraldagi Turkiyadagi „postmodern toʻntarish“ tufayli, Ahmad Hulusi va uning rafiqasi Jamila London shahriga koʻchib oʻtishdi va u yerda bir yil yashashdi, soʻng AQShga joylashdilar va hozir ham u yerda istiqomat qilmoqdalar.

Islom haqidagi qarashlari

U oʻz taʼlimotini islomning zamonaviy kontekstdagi ruhiy talqini deb hisoblaydi. Muhammad taʼlimoti va Abdulkarim al-Jiyliy, Abdulqodir Jiloni, Muhyiddin ibn Arabiy, Imom Gʻazzoliy va Ibrohim Haqqiy Erzurumi kabi mashhur soʻfiy mualliflar merosiga tayangan holda, u sigʻinish uchun tashqi bir „iloh/xudo“ gʻoyasini rad etadi va Qur’onda Alloh deb atalgan yagona Zotdan boshqa alohida tashqi xudo yoʻq, deya taʼkidlaydi. Uning bosh tamoyili shunday: „Hech kimga koʻr-koʻrona taqlid qilma. Muhammad taʼlimotlari nuri ostida hayotingda oʻzing mustaqil ravishda yoʻl tanla va shunga muvofiq yasha.“ U odamlarni Muhammad va Qur’onning dastlabki taʼlimotlarini hech qanday vositachilarga suyanmasdan, ilm-fan nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqishga chorlaydi. Har bir inson universal tizimning taʼlimotlari bilan Muhammad orqali bevosita muloqot qilish va hayotini shunga mos shakllantirish huquqiga ega, hatto buni qilishga majbur, deb hisoblaydi.

Muhammadga ochib berilgan universal tizimning mohiyati sababli, diniy lavozim va mansablar noqonuniydir. Inson ergashishi lozim boʻlgan yagona shaxs – Muhammad. Shu tufayli Ahmad Hulusi hech kimni oʻzining „muridi“ yoki „shogirdi“ boʻlishga undamaydi. U kichik bir shaharchada nisbatan yakka holda yashashni afzal koʻradi va odamlarga uning taʼlimotini shubha ostiga olib, oʻzlari izlanish olib borishni maslahat beradi. U shunday deydi: „Menga ishonmang, haqiqatni oʻzingiz topib, tekshirib koʻring.“

Asarlari

Kitoblari Qur’onni yechish (Decoding the Quran) Qur’onni yechishga muqaddima (Prologue to Decoding Quran) iBookstoreʼda Inson mohiyati (The Essence of Man) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Muhammadning Ollohi (Muhammad’s Allah) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Goʻzal Ismlar (The Beautiful Names) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Mushohada qiluvchi Zot (The Observing One) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Koinot sirlar (Universal Mysteries) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Hayot haqiqatlari (The Truth of Life) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Oʻzingni tani (Know Yourself) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Ruh, inson, jin (Spirit Man Jinn) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Tajalliyot (Revelations) shuningdek iBookstoreda ham mavjud Duoning qudrati (The Power of Prayer)

Videolar

Yana qarang Ali Unal Nurettin Uzunogʻli

Manbalar

Havolalar / Ahmad Hulusi veb-sayti ingliz tilida / Ahmad Hulusi kitoblari va fikrlarini qoʻllab-quvvatlovchi ilmiy faktlar videohavolalar

iTunes havolalari Qur’on yechimi (Decoding the Quran) ilovasi, turk tilida Duo va zikr (Du’a and Dhikr) ilovasi, turk tilida Goʻzal Ismlar / Ilohiy Ismlar (The Beautiful Names / The Divine Names) ilovasi, turk tilida Doʻstdan doʻstga (From Friend to Friend) ilovasi, turk tilida Qur’on audioyozuvlari arab tilida

Turkum:Turkiyalik yozuvchilar Turkum:Turkiyalik jurnalistlar Turkum:Turk soʻfiylari Turkum:Islomning turk sunniy ulamolari Turkum:Qur’onni ingliz tiliga tarjima qiluvchilar Turkum:XX asr ulamolar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar