Boku 2020 () – Ozarbayjon poytaxti Boku va Ozarbayjon Milliy Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun taklif. Taklif muvaffaqiyatsiz boʻlgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun Doha, Istanbul, Madrid, Rim (keyinchalik oʻz arizasini bekor qilgan) va mezbon sifatida tanlangan Tokio ham daʼvogarlik qilgan.

Tarix right|thumb|240x240px|Boku manzarasi 2011-yil 1-sentyabrda Boku 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun ariza topshirgani eʼlon qilingan. Boku 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun ariza topshirgan, ammo yakunda nomzod boʻla olmagan. Yakunda bu oʻyinlar Rio-de-Janeyroga berilgan. Bokuning 2020-yilgi taklifi ularning ikkinchi arizasi edi. 2011-yil 13-sentyabrda Ozarbayjon Bosh vazirining oʻrinbosari Yagub Eyubov Boku 2020-yilgi arizasiga rahbarlik qilishi eʼlon qilingan. Yoshlar va sport vaziri Azad Rahimov Boku 2016-yilga kelib 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishga tayyor boʻlishini daʼvo qilib, koʻplab sport inshootlari qurilgan boʻlishini aytgan. Boku allaqachon Olimpiya stadioni va basseynni oʻz ichiga olgan Olimpiya majmuasini qurmoyotganini maʼlum qilgan. 2011-yil 20-oktyabrda Rossiya Olimpiya qoʻmitasi Bokuning arizasini qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qilgan.

2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish kampaniyasida Bokuning daʼvo qoʻmitasi 2011-yil noyabr oyida uchta yetakchi xalqaro agentlikni: pmplegacy, Burson-Marsteller va Adore Creativeni tayinlagan. Oʻsha oyning oxirida Konul Nurullayeva Boku 2020 daʼvo qoʻmitasining bosh direktori etib tayinlanganBaku 2020 Appoints CEO. Boku 2020 tashkiliy qoʻmitasi ularga daʼvoda yordam berish uchun mutaxassislar guruhini yollagan. Ular yollagan mutaxassislardan biri Sidneyning 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun muvaffaqiyatli daʼvosining bosh menejeri boʻlgan Bob ElfinstondirExperts To Help Baku 2020 Bid. 2011-yil dekabr oyida Boku 2020 oʻzining arizasiga kiritilgan logotipini eʼlon qilgan. Logotip Ozarbayjonda keng tarqalgan muhim mahsulot boʻlgan gilamlardan ilhomlangan. Daʼvoning shiori „Biz birgalikda qila olamiz“.

2012-yilgi Qishki Oʻsmirlar Olimpiadasi boshlanishidan oldin, Boku 2020 qoʻmitasi Ozarbayjonda yangi changʻi kurorti ochilishini eʼlon qilganDoha, Baku, Promote 2020 Summer Games Bids. Bu mamlakatdagi birinchi yirik changʻi kurorti boʻldi. Boku 2020 bosh direktori Konul Nurullayevaning aytishicha, bu Ozarbayjonni 2016-yilgi Qishki oʻsmirlar Olimpiadasiga va kelajakda Qishki Olimpiadaga sportchilarni yuborish imkoniyatini oshiradi2020 Bids Visit Innsbruck; 2017 World Games Awarded; New WOA Patron Unveiled. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2012-yilni „sport yili“ deb eʼlon qilgan, bu mamlakatda Olimpiya harakatini rivojlantirishga, shuningdek, Bokuning Olimpiya oʻyinlariga daʼvogarligini ilgari surishga yordam berishi kutilgan edi.

Taklif jamoatchilik tomonidan yuqori darajada qoʻllab-quvvatlandi. 2011-yil dekabr oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, mamlakat aholisining 95 foizi taklifni qoʻllab-quvvatlagan va soʻralganlarning 93 foizi oʻyinlarni oʻtkazish Ozarbayjon sportiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlaganNinety-Five Percent Of Azerbaijan Supports 2020 Bid.

Boku oʻz arizasini XOQga 2012-yil 1-fevralda topshirdiAzerbaijan Submits Baku 2020 Bid Application To IOC. Ozarbayjon Milliy Assambleyasi 2012-yil fevral oyida arizani maʼqullash uchun ovoz berganAzerbaijani Parliament Supports Baku 2020.

2012-yil mart oyida Ozarbayjon va Gruziya UEFA Yevro-2020 chempionatini birgalikda oʻtkazish uchun ariza berishga qiziqish bildirayotgani eʼlon qilingan. Ozarbayjon eʼtiborini Boku Olimpiadasiga ariza berishga qaratishga qaror qildi. Natijada, Gruziyaning oʻzi UEFA Yevro-2020 musobaqasini oʻtkazish uchun ariza topshirganEuro 2020: Ireland, Scotland and Wales eye joint bid as hosts.

Boku 2020 tashhkiliy qoʻmitasi 2012-yil aprel oyida Helios Partners kompaniyasini tender boʻyicha maslahatchi sifatida yollagan edi. Helios Partners Rimning 2020-yilgi arizasi boʻyicha hamkorlik qilishi kerak edi, ammo ariza qaytarib olingan. Helios Partners mos ravishda Sochi va Pyeongchangning 2014 va 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari uchun gʻolib boʻlgan tenderlarida muhim rol oʻynaganHelios Partners Join Baku’s 2020 Olympic Bid Ahead of ANOC.

Istiqbol, xulosa va kelajak XOQ 2012-yil 23-mayda nomzod shaharlarni tanlaganida, Boku nomzod shahar boʻla olmadiAzerbaijan, Georgia renew joint EURO 2020 bid. Boku nomzod boʻla olmaganidan soʻng, Ozarbayjon qoʻshni Gruziya bilan birgalikda UEFA Yevro-2020 ni oʻtkazish uchun kurashga kirishganAzerbaijan, Georgia renew joint EURO 2020 bid. Biroq, UEFA Yevro-2020 butun Yevropa boʻylab bir nechta mamlakatlarda oʻtkazilishini eʼlon qilganida, bu reja barbod boʻldiEuro 2020 to be held across EuropeEuro 2020 to take place across Europe – UEFA. Boku 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yana bir bor daʼvogarlik qilishi aytilganBaku Moves Forward, Azerbaijan Plans Joint Bid to Host UEFA Euro 2020.

Boku 2015-yilda oʻtkazilgan birinchi Yevropa oʻyinlari mezbonlik qildi.

Argentinaning Buenos Ayres shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 125-sessiyasida 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbon shahar sifatida Tokio saylangan.

Umumiy maʼlumot Shaharda koʻplab sport tadbirlari, jumladan, badiiy gimnastika boʻyicha 2007 va 2009-yillarda Yevropa chempionati, badiiy gimnastika boʻyicha 2005-yilgi jahon chempionati, FILA kurash boʻyicha 2007-yilgi jahon chempionati va kurash boʻyicha 2010-yilgi Yevropa chempionati, havaskor boks boʻyicha 2011-yilgi jahon chempionati, 2009-yilgi ayollar oʻrtasidagi Challenge Cup va taekvondo boʻyicha 2007-yilgi Yevropa chempionati boʻlib oʻtganCev Cup: Final Four femminile a Baku Uralochka, Yamamay i TsZ. Dobro pojalovat v bakinskiy ad! . 2011-yildan boshlab shahar har yili Boku Kubogi deb nomlangan WTA tennis musobaqasiga mezbonlik qiladi. Shahar 2012-yilgi FIFA U-17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga va 2012-yilgi Evrovidenie qoʻshiq tanloviga mezbonlik qilgan.

Joylar right|thumb|240x240px|Dzyudo va kurash boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladigan Boku Kristall Zali Bokuning 2016-yilgi arizasida, oʻsha paytda Bokuda yetarli sport inshootlari yoʻqligi sababli, past baxoni olganOlympic Bid Roundup. Bokuning 2020-yilgi arizasi musobaqa va musobaqasiz maydonlarni oʻz ichiga olgan toʻrtta klaster konsepsiyasidan iborat ediBaku 2020 Submits Bid Application Highlighting Four-Cluster Concept. Bokuning 2016-yilgi arizasidan beri Boku Olimpiya oʻyinlari paytida foydalanish mumkin boʻlgan yangi sport maydonchalarini qurishga sarmoya kiritdiBidding for 2020 – Baku Puts Faith in Sports Venue Investment. Ozarbayjonning eng katta stadioni boʻlgan Boku Olimpiya stadioni 2015-yilda qurib bitkazildi. Stadion 68 700 kishini sigʻdira oladi. Boku xokkey arenasi, kurash arenasi va mashgʻulot markazini qurishni boshladi. Boku shuningdek, yangi suv sporti markazini qurmoqda.

Turar joylar 2011-yil may oyidan 2012-yil may oyigacha Bokuda jami sakkizta besh yulduzli mehmonxona ochilganFive-Star Hotel Opening Boosts Baku 2020.

Yana qarang

Bokuning 2016-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun arizasi Ozarbayjon Olimpiya oʻyinlarida Sovet Ittifoqi Olimpiya oʻyinlarida

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun arizalar Turkum:Bokuda sport Turkum:Ozarbayjon tomonidan Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun bergilgan takliflar