Madagaskar 2006-yil 10–26-fevral kunlari Turin shahrida (Italiya) boʻlib oʻtgan 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Garchi ular 1964-yildan beri Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashib kelayotgan boʻlsa ham, bu mamlakatning ilk Qishki olimpiadasi boʻldi. Delegatsiya tarkibida faqat bitta togʻ changʻichisi — Mathieu Razanakolona bor edi. U hech qanday medal qoʻlga kirita olmadi.

Tarixi Madagaskar ilk bor Yaponiya poytaxti Tokioda boʻlib oʻtgan 1964-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. 2006-yilga qadar ular toʻqqiz marta yozgi oʻyinlarda qatnashgan. 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari esa ular uchun Qishki Olimpiadalar tarixidagi debyut boʻldi. Ushbu oʻyinlarga mamlakat nomidan yagona sportchi sifatida togʻ changʻichisi — Mathieu Razanakolona yuborilgan.

Razanakolona Kanadaning Kvebek shahrida tugʻilgan. Uning onasi kanadalik, otasi esa Madagaskardan boʻlgan. U va uning akasi Filipp Madagaskar nomini xalqaro maydonda tanitish maqsadida Mathieuni Qishki Olimpiya oʻyinlarida mamlakat tarixida birinchi vakil sifatida qatnashishini istashgan. Mathieu musobaqalarda ishtirok etgan paytda, Filipp rAzAlpin.org nomli notijorat tashkilotni boshqarib, uni qoʻllab-quvvatlab turgan. Turin Olimpiadasidan oldin Mathieu Avstriyaning Schladming shahrida oʻtkazilgan FIS togʻ changʻisi boʻyicha Jahon kubogi bosqichlaridan birida qatnashgan. Biroq u darvozani notoʻgʻri kesib oʻtgani sababli musobaqadan chetlashtirilgan.

Togʻ changʻisi Oʻyinlarda yagona madagaskarlik sportchi — Mathieu Razanakolona — erkaklar gigant slalom va slalom musobaqalarida ishtirok etgan. U ochilish va yopilish marosimlarida bayroqdor ham boʻlgan .

20-fevral kuni gigant slalom musobaqasida birinchi urunishni bir daqiqa 39,1 soniyada yakunlab, 47 ishtirokchidan 43-oʻrinni egalladi. Kun davomida ikkinchi urunishida esa vaqti va oʻrni yaxshilandi: u 1 daqiqa 27,33 soniya bilan 31-oʻrinda finish chizigʻini kesib oʻtdi. Shu natija bilan umumiy hisobda 3 daqiqa 6,43 soniya bilan 39-oʻrinni egalladi. Biroq slalom dasturi unga muvaffaqiyatli kelmadi. U birinchi urunishniyoq yakunlay olmadi. Togʻ changʻisi SportchiMusobaqaNatija1-yugurish2-yugurish3-yugurishUmumiy vaqtOʻrinMathieu RazanakolonaErkaklar gigant slalom1:39.101:27.33—3:06.4339Erkaklar slalomyakunlay olmadi

Manbalar

Turkum:2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Turkum:2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar