Intxaursaltsa () – Basklar yurtining odatiy deserti boʻlib, u anʼanaviy ravishda Rojdestvo arafasidagi kechki ovqat mahalida isteʼmol qilinadi. Intxaursaltsa koʻrinish jihatidan natillaga oʻxshaydi va u yongʻoqlar, sut, shakar va dolchindan tayyorlanadi.
Intxaursaltsa kaloriya jihatidan yuqori quvvatga ega ekanligi maʼlum, biroq yongʻoq yogʻlari yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi kurashishda foydali deb hisoblaniladi.
Tarixi Intxaursaltsa tarixi 150 yildan koʻproq davrga borib taqaladi. Bu bask qishloq uylarida, ayniqsa Guipuzkoa viloyatida, Rojdestvo arafasi kechki ovqatning odatiy taomi boʻlgan. Tayyorlash jarayoni uzoq davom etishi sababli deyarli butunlay yoʻqolib ketgan edi, biroq soʻnggi vaqtlarda yana ommalasha boshladi.
Masalliqlar Ushbu desertni tayyorlash uchun ishlatiladigan asosiy masalliqlar shakar, yongʻoq, dolchin va sutdir.
Manbalar
Havolalar Intxaursaltsa retsepti – Food.com saytida
Turkum:Bask oshxonasi