Lorenzo Sotomayor Collazo (1985-yil 16-fevralda tugʻilgan) – Kubada tugʻilgan ozarbayjonlik yarim oʻrta vazn toifasidagi bokschi. 2016-yilgi Olimpiadada kumush medalni qoʻlga kiritgan. U balandlikka sakrovchi Javier Sotomayorning jiyani. 2013-yilda Olimpiadaga saralash imkoniyatlarini oshirish uchun Kubadan Ozarbayjonga koʻchib oʻtgan. U Collazo nomi ostida musobaqalarda ishtirok etishni tanlagan, bu „yorqin yulduz“ degan maʼnoni anglatadi.

Tarjimai hol Lorenso Sotomayor 1985-yil 16-fevralda Kubaning Gavana shahrida tugʻilgan. 2000-yilda boks bilan shugʻullana boshlagan. 2008-yilda u Kuba chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan va keyingi yili mamlakat chempioni boʻlgan. 2011-yilda Kuba chempionatida ikkinchi, 2012-yilda esa uchinchi oʻrinni egallagan.

Tez orada Sotomayor fuqaroligini oʻzgartirib, Ozarbayjon fuqarosiga aylandi. Ozarbayjonga tashrifiga izoh berar ekan, Sotomayor shunday dedi:

2014-yilda Lorenzo Sotomayor Ozarbayjon chempioni boʻlgan va 2015-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan I Yevropa oʻyinlari gʻolibi boʻlgan. 29-iyun kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev birinchi Yevropa oʻyinlari gʻoliblari va Ozarbayjonda sportni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan shaxslarni taqdirlash toʻgʻrisidagi farmoyishlarni imzolagan. Lorenzo Sotomayor birinchi Yevropa oʻyinlaridagi katta yutuqlari va Ozarbayjonda sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlanganPrezident Azerbaydjana podpisal rasporyajeniya o nagrajdenii pobediteley pervix Yevropeyskix igr.

Boksdan tashqari, Sotomayor raqsga ham qiziqadi.

2016-yilgi Olimpiadada kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1-sentyabr kuni Ozarbayjon prezidentining farmoni bilan „III darajali Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.

2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan ikkinchi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Sotomayor birinchi jangdayoq gruziyalik Eskerxan Madiyevga yutqazgan. Dastlabki ikki raundda Madiyev g‘alaba qozongan. Uchinchi raundda esa hakam Sotomayorning qoshi yorilgani sababli jangni to‘xtatib, g‘alabani gruziyalik bokschiga bergan.

Manbalar

Havolalar

Lorenzo Sotomayor AIBA saytida

Lorenzo Sotomayor Boxing-scoop.com boxing-scoop.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar Turkum:Kubalik erkak bokschilar Turkum:Ozarbayjonlik erkak bokschilar Turkum:Ozarbayjonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Ozarbayjonning mahalliylashtirilgan fuqarolari