2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan joy olgan erkaklar oʼrtasida 1000 metrga konkida yugurish musobaqasi 11-fevral kuni Milan shahridagi Fiera Milano stadionida boʻlib oʻtdi. AQSH vakili Jordan Stolz musobaqada gʻolib chiqdi va yangi Olimpiya rekordini oʻrnatdi. Niderlandiya vakili Jenning de Boo kumush medalni qoʻlga kiritdi, Xitoy vakili Ning Zhongyan esa bronza medaliga ega chiqdi. Ushbu medallar har uchala sportchining ham ilk Olimpiada medallari boʻldi.
Tarixi Ushbu yoʼnalish boʼyicha 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʼyinlari chempioni Thomas Krol, shuningdek, bronza medal sohibi Håvard Holmefjord Lorentzen ham oʼzlarining sport faoliyatiga yakun yasadi. Kumush medal sohibi Laurent Dubreuil bu yilgi Olimpiada oʼyinlariga ham yoʻllanmani qoʼlga kiritdi. Olimpiadadan oldin Jordan Stolz 2025–2026 ISU erkaklar oʻrtasida 1000 metr masofaga konkida yugurish boʻyicha Jahon kubogi reytingida yetakchilik qilayotgan edi. Joep Wennemars esa ushbu yoʼnalish boʻyicha 2025-yilgi jahon chempioni edi. Ishtirokchilar orasida 2018-yilgi chempion Kjeld Nuis ham bor edi.
Umumiy maʼlumot Dastlabki yetakchi 5-juftlikda Daniele Di Stefano eng yaxshi natijani qayd etib turdi. Biroq 10-juftlikda Kjeld Nuis, undan soʻng 11-juftlikda Joep Wennemars uning vaqtini yarim soniyadan koʻproqqa yaxshilashga erishdi. 12-juftlikda Ning Zhongyan yetakchilikni qoʻlga oldi. 14-juftlikda Stolz Olimpiya rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʼldi, de Boo esa ikkinchi boʻlib marraga yetib kelib, jamoadoshlarini shohsupadan siqib chiqardi. 15-juftlikka kelib, Damian Żurek masofaning katta qismida umumiy hisobda 3-oʼrinni qayd etib turgan edi, biroq bahs soʼngida Ningga 0,07 soniyaga yutqazib, kuchli uchlik safidan chiqib ketdi.
Rekordlar Musobaqa davomida yangi Olimpiya rekordi oʻrnatildi. Avvalgi rekord 20 yil oldin qayd etilgan boʼlib, ushbu musobaqalar davomida bu natija 0,90 soniyaga yangilandi. Marraga eng tez yetib kelgan dastlabki ikki sportchi avvalgi rekorddan tezroq natija qayd etdi.
Sana Bosqich Sportchi Mamlakat Vaqt Rekord 11-fevral 14-juftlik Jordan Stolz 1:06.28 OR, TR
Natijalar Reyting Juftlik Yoʻlak Sportchi Mamlakat Vaqt Ortda qolgan vaqt Izohlar 14 I Jordan Stolz 1:06.28 OR, TR 14 O Jenning de Boo 1:06.78 +0.50 12 O Ning Zhongyan 1:07.34 +1.06 4 15 O Damian Żurek 1:07.41 +1.13 5 11 I Joep Wennemars 1:07.58 +1.30 6 10 O Kjeld Nuis 1:07.65 +1.37 7 5 O Daniele Di Stefano 1:08.17 +1.89 8 5 I Laurent Dubreuil 1:08.21 +1.93 9 12 I Conor McDermott-Mostowy 1:08.48 +2.20 10 4 I Koo Kyung-min 1:08.53 +2.25 11 6 I Kim Min-seok 1:08.59 +2.31 12 13 I Finn Sonnekalb 1:08.80 +2.52 13 10 I Taiyo Nonomura 1:08.87 +2.59 14 15 I Marten Liiv +2.78 15 7 I Moritz Klein 1:09.195 +2.91 16 8 I Hendrik Dombek 1:09.198 +2.91 17 7 O Mathias Vosté 1:09.199 +2.91 18 3 O David La Rue 1:09.310 +3.03 19 13 O Cooper McLeod 1:09.319 +3.03 20 6 O Kazuya Yamada 1:09.381 +3.10 21 4 O Bjørn Magnussen 1:09.384 +3.10 22 2 I Anders Johnson +3.26 23 8 O Marek Kania +3.30 24 3 I Wataru Morishige +3.57 25 9 O Piotr Michalski 1:10.02 +3.74 26 1 I Francesco Betti 1:10.18 +3.90 27 2 O Daniel Milagros 1:11.25 +4.97 11 O Lian Ziwen 9 I Gabriel Odor
Manbalar
Turkum:Erkaklar oʻrtasida konkida yugurish sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida