Nevvare xonim ( – „yosh baraka“, „yosh bola“, asl ismi – Oysha Çıhçı, 1926-yildan keyin Nevvare Leyla Sönmezler; 1901-yil 4-mayda tugʼilgan – 1992-yil 13-iyunda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed VI ning toʻrtinchi xotini.

Yoshligi Nevvare xonim 1901-yil 4 mayda Usmoniylar imperiyasining Derbent shahrida tugʻilgan. Asl ismi Oysha Çıhçı boʼlib, Çıhçı abxaz zodagonlar oilasiga mansub edi. Otasining ismi Mustafa bey Çıhçı, onasi esa Hafize xonim Kap-Ipha boʻlgan.

Mehmed hali shahzoda boʻlgan paytda Oysha yashashi uchun uning Çengelköydagi saroyiga yuborilgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, ammasi Müveddet Kadinning saroyida yordamchi boʼlgan. Bu yerda Usmoniylar saroyi urf-odatiga koʻra unga Nevvare ismi berilgan. U, shuningdek, malika Leyla Achbaning yaqin dugonasi ham edi. Nevvare juda chiroyli va boʻyi baland, koʻzlari yashil, sochi uzun va qora ayol boʻlgan.

Birinchi nikohi

Mehmed xotini Müveddetning yordamchi xonimlari orasida Nevvarega koʻzi tushib, uni sevib qoldi. Garchi Müveddet har tomondan qarshi boʻlgan boʻlsa ham, Mehmed va Nevvare 1918-yil 20-iyunda Dolmabahçe saroyida turmush qurdi. Oʼsha paytda Mehmed 57 yoshda, Nevvare esa 17 yoshda edi. Nevvare farzand koʻrmagan. Mehmed 1918-yil 4-iyulda taxtga chiqqach, unga „Katta Iqbol“ unvoni berildi, biroq u „Uchinchi Kadın“ unvoniga ham haqli edi. Ehtimol, Müveddetni yanada ranjitmaslik uchun ham unga bu unvon berilmagan. Nevvarega Yıldız saroyi hududida bir saroy berilgan. Yaqin dugonasi Leyla uni mehribon, ammo juda magʻrur inson deb taʼriflagan.

Mehmed 1922-yilda taxtdan agʻdarilgach, San-Remoga surgun qilindi. Nevvare esa qolgan oila aʼzolari kabi Feriye saroyida qamoqda saqlandi. Feriye saroyida boʻlgan vaqtida Nevvare ogʻir betob boʻlib qoldi va uni shifoxonaga olib borishga toʻgʻri keldi. Unga pasport berilmadi va biroz tuzalganidan keyin boshqalarga qoʻshilishi kerakligi haqida aytildi. Nevvare esa xalfa koʼrinishida yashirincha u yerdan chiqib ketishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, 1924-yil 6-martda ota-onasi Nevvareni tugʻilgan shahri Derbentga olib ketdi. Sogʻligʻi tiklangach, u sultonga xat yozib, undan ajralishni soʻradi. Natijada 1924-yil 20-mayda unga ajrashishga ruxsat berildi.

Ikkinchi nikohi 1926-yilda Nevvare Mevlüd bey Sönmezler ismli savdogarga turmushga chiqdi va qadrdon dugonasi Leyla Achbaning sharafiga ismini Leyla xonimga oʻzgartirdi. Ular avval Ferenyoluga, soʼngra Derbentga koʻchib oʻtishdi. 1940-yilda eri vafot etgach, Nevvare Leyla Şişliga joylashdi.

Vafoti 1970-yillarda Nevvare oʼz tugʻilgan joy Derbentda uy sotib olib, vafotiga qadar shu yerda yashadi. U 1992-yil 13-iyunda Derbentda 91 yoshida vafot etdi va Derbentdagi qabristonga dafn qilindi.

Yana qarang Iqbol (unvon) Usmoniylar imperiasi harami Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan Italiyaga ko‘chib ketgan muhojirlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari