Bob as-Salom masjidi yoki Masjid Bob as-Salom – Ummon poytaxti Maskat shahrida joylashgan masjid. 2 000 kvadrat metr maydonni egallagan masjid pushti tusda boʻlib, yaqin atrofdagi Hajar togʻlari rangiga oʻxshab ketadi. Majmua besh qismdan iborat – ikki namozxona, ikki tahorat joyi va ochiq maydon. Shuningdek, alohida turgan konussimon minora ham bor. Anʼanaviy mehrob oʻrniga poldan shiftgacha choʻzilgan ingichka deraza mavjud boʻlib, u Makka tomonga yoʻnalishni belgilab beradi.

Yana qarang

Ummonda Islom Ummondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ummondagi masjidlar Turkum:Maskatdagi masjidlar