At-Tohir masjidi (arabcha: مسجد الظهير), At-Tohir jome masjidi (arabcha: مسجد الجامع الظهير) nomi bilan ham tanilgan, Podomoro Golf View hududida joylashgan masjid majmuasi boʻlib, u Indoneziya G‘arbiy Yava provinsiyasidagi Depok hududida joylashgan.
Tarixi Bu masjid 2016-yilda Muhammamad Tohir oilasining, jumladan Erik Tohir va uning ukasi Garibaldi Tohirning topshirigʻi bilan qurilgan. Ularning maqsadi 2016-yil 1-noyabrda vafot etgan otasi Teddi orzularidan birini roʻyobga chiqarish edi. Masjid 2022-yilda Prezident Joko Widodo tomonidan ochib berilgan.
Arxitekturasi At-Tohir masjidi zamonaviy uslubni Yaqin Sharqona ohanglar bilan uygʻunlashtiradi. Uning katta va koʻzga tashlanadigan gumbazi masjidning asosiy diqqatga sazovor jihat boʻlib, maʼnaviyat ramz vazifasini bajaradigan baland minoralar bilan birga uygʻunlashgan. Masjid ichki qismi islomiy xattotlik bezaklari bilan bezatilgan. Qurilishda yuqori sifatli materiallar qoʻllanib, bu uning mustahkamligi bilan birga jozibali estetikasini ham taʼminlagan. Masjid hovlisi ham chiroyli bogʻ koʻrinishida loyihalashtirilgan boʻlib, bu tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratadi.
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar