Hibetulloh Sulton (; 1789-yil 16-mart – 1841-yil 19-sentyabr) – Usmoniylar malikasi, sulton Abdulhamid I va uning xotini Şebsefa Kadınning qizi, sulton Mustafo IV va Mahmud II ning ona boshqa singlisi.
Yoshligi Hibetulloh Sulton 1789-yil 16-martda Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Abdulhamid I, onasi esa Şebsefa Kadın boʻlgan. Hibetulloh ularning eng kenja farzandi edi. Uning oʻzidan 6 yosh katta Shahzoda Mehmed Nusrat ismli akasi, 4 yosh katta Alemshoh Sulton ismli va 1 yosh katta Emine Sulton ismli opasi bor edi. Otasi 1789-yilda vafot etgach, u va onasi Eski saroyga koʻchib oʻtgan.
Nikohi 1801-yilda Hibetulloh 12 yoshga toʻlganida amakivachchasi sulton Salim III uni qarindoshi Sultonzoda Alouddin poshoga unashtirdi. Alouddin posho Seyyid Ahmad posho va Hadicha Sultonning oʻgʻli boʻlib, Hadicha Sulton Mustafo III ning qizi edi. Nikoh 1803-yil 3-fevralda boʻlib oʻtdi. Ularning yashashi uchun Kadırga saroyi berilgan.
1808-yilda uning ona boshqa akasi sulton Mustafo IV taxtdan tushirilgach, davlat ishlariga aloqador boʻlgan Hibetulloh Sulton va ona boshqa opasi Esma Sulton Mahmud II tomonidan qatʼiy kuzatuv ostiga olindi va ularga begona kishilar bilan muloqot qilish taqiqlandi.
Hibetullohning farzand koʻrgan yoki koʻrmagani maʼlum emas. U 1812-yilda Alouddin poshoning vafotidan soʻng beva qolgan. Oʻshanda u 23 yoshda edi. Boshqa Usmoniylar malikalari kabi u ham qayta turmushga chiqmagan.
Onasi 1805-yilda vafot etgach, onasiga tegishli barcha yer mulklari uning nomiga biriktirilgan.
Vafoti Hibetulloh Sulton 1841-yil 19-sentabrda xolasi Esma Sultonning saroyi Kadırgada vafot etgan va Divanyoluda akasi sulton Mahmud II maqbarasiga dafn qilingan.
Ajdodlari
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1789-yilda tugʻilganlar Turkum:1841-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari