Adela Raz () – afgʻon siyosatchisi, 2021-yil iyulidan 2022-yil fevraligacha Afgʻoniston islom respublikasining AQShdagi elchisi (soʻnggi elchi). Shuningdek, Afgʻonistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili lavozimida xizmat qilgan birinchi ayol.

Yoshligi Razning otasi Tolibon tomonidan haddan tashqari taraqqiyparvar deb hisoblangani uchun oʻldirilgan.

Raz Bostondagi Simmons universitetida Xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik va iqtisodiyot yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr darajasini, Tufts universitetida esa Huquq va diplomatiya boʻyicha magistr darajasini olgan. Adela Raz H-1B vizasini olgan birinchi afgʻon boʻlgan.

Faoliyati Raz Afgʻonistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yordam missiyasida faoliyat olib borgan. 2010-yildan 2013-yilgacha AQShdagi xalqaro rivojlanish tashkilotida xizmat qilgan. U gender tengligi, ayollar taʼlimi va inson huquqlari tarafdori hisoblanadi. Raz barqaror mehnat faoliyatini rivojlantirish va jamiyat ishlarida ishtirok etishda ayollarga koʻmaklashish yoʻlida faoliyat olib borgan.

2013-yilda u Prezident Hamid Karzay huzurida matbuot kotibi oʻrinbosari va kommunikatsiyalar direktori etib tayinlangan va bu lavozimlarni egallagan birinchi ayolga aylangan. 2014-yil noyabrida u apparat rahbari boʻlgan. 2016-yil martida 30 yoshida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlangan. 2018-yil martida Raz Vashington shahriga tashrif buyurgan afgʻon ayollari delegatsiyasi tarkibida boʻlib, Afgʻoniston siyosiy hayotida ayollar sonini koʻpaytirish zarurligi hamda dunyoning qolgan qismi ularni shunchaki qurbonlar yoki yordam oluvchilar emas, balki hamkorlar sifatida koʻrishi lozimligi haqida soʻz yuritgan.

2018-yil 31-dekabrda Prezident Ashraf Gʻani Adela Razni Afgʻonistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili etib tayinlagan va bu lavozimda Raz elchi Mahmud Saykalning oʻrnini egallagan. U bu lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi. 2019-yil martida Raz yakdillik bilan BMTning Falastin xalqining ajralmas huquqlarini amalga oshirish qoʻmitasi vitse-prezidenti etib saylandgan.

Raz 2021-yil 26-iyulda Afgʻonistonning AQShdagi elchisi etib tayinlandi. 2021-yilda Kobulning qulashi natijasida islom respublikasi agʻdarilib, Tolibon qaytganidan soʻng avvalgi afgʻon hukumati endilikda mamlakat ustidan nazoratga ega boʻlmasa-da, Raz oʻz lavozimida qolishda davom etdi. 2022-yil 18-fevralda Raz elchilik lavozimidan isteʼfoga chiqqani xabar qilingan.

2022-yil 14-aprelda Raz Afgʻoniston siyosatiga yoʻnaltirilgan siyosat instituti, yangi tashkil etilgan Afgʻoniston siyosat laboratoriyasu direktori etib tayinlangani eʼlon qilindi. Laboratoriya Prinston universitetining Jamoat va xalqaro ishlar maktabi hamda Lixtenshteyn oʻz taqdirini oʻzi belgilash instituti o‘rtasidagi qoʻshma tashabbus hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Adela Raz Afgʻonistonning sobiq Prezidenti Ashraf Gʻanining sobiq aparat rahbari Matin Bekga turmushga chiqqan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Afgʻon ayollar huquqlari faollari Turkum:Afgʻonistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari Turkum:Afgʻonistonning AQShdagi elchilari Turkum:Ayol elchilar Turkum:21-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar