Qaropchi — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Oyqor mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi Qaropchi urugʻi nomi bilan bogʻliq. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu hududga Qoʻqon xonligi davrida Qaropchi urugʻiga mansub kishilar kelib joylashgan va shu yerda qoʻnim topgan.

Mazkur urugʻ vakillari keyinchalik turli hududlarga tarqalgan boʻlib, Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida, jumladan Samarqand viloyati, Surxondaryo viloyati va Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida ham shu nom bilan ataluvchi qishloqlar uchraydi.Shoniyozov K. Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni. Toshkent, 1971.

Manbalar

Kategoriya:Baxmal tumani qishloqlari Kategoriya:Jizzax viloyati aholi punktlari