Fotma Ulviye Sulton (; 1892-yil 11-sentyabr — 1967-yil 25-yanvar) — Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed VI va Nazikeda Kadınning qizi.
Yoshligi Fotma Ulviye Sulton 1892-yil 11-sentyabrda Istanbulning Ortaköy mahallasidagi Ortaköy saroyida tugʻilgan. Otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed VI boʻlib, u sulton Abdulmajid I va Gülistu Kadınning oʻgʻli edi. Onasi Nazikeda Kadın esa shahzoda Hasan Ali Marshania va malika Fotma Horecan Aredbaning qizi boʻlgan. Ulviye Sulton otasining ham, onasining ham ikkinchi qizi boʻlgan. Uning ikki nafar opa-singlisi boʻlib, oʻzidan 4 yosh katta opasi Münire Fenire Sulton chaqaloqligida vafot etgan. Undan 2 yosh kichik Rukiye Sabiha Sulton ismli singlisi ham bor edi. Shuningdek, Ulviyening onasi Shahzoda Mehmed Ertug‘rulning onasi Müveddet Kadın vafot etgach, uni ham asrab olib tarbiya qilgan.
Sulton Abdulmajid I ning ikkinchi xalfasi Mihrifelek xonimning oʻgʻli Refik bey Ulviye va uning singlisi Sabiha Sultonga muallim etib tayinlangan. Ularning ikkalasi ham Mlle Voçinodan pianino chalishni oʻrgangan.
Birinchi nikohi 1916-yil fevralda taxt vorisi Shahzoda Yusuf Izzeddinning vafotidan soʻng, Ulviyening otasiga Usmoniylar imperiyasi valiahdi unvoni berilgan. Bu paytga kelib Ulviye ulgʻaygan va balogʻat yoshiga yetgan edi. Ulviye 1916-yil 10-avgustda Kuruçeşmedagi bir yalıda Usmoniylar imperiyasining soʻnggi bosh vaziri Ahmet Tevfik posho va uning shveysariyalik rafiqasi Elizabet Tshumining oʻgʻli Ismoil Haqqiga turmushga chiqqan. Ularning nikohini shayx ul-islom Hayri afandi oʻqigan. Uning sep 1000 tilla tangaga belgilangan. Shundan soʻng Haqqi posho damat boʻlgan. Toʻydan keyin juftlik Kuruçeşmedagi yalıda yashay boshlagan. Ularning Suade Humayra Xonimsulton ismli qizi 1917-yil 4-iyunda tugʻilgan. 1920-yil oktyabrda Haqqi posho ular uchun Nişantaşıda ikkita uy sotib olgan. Bu qasrlar „Egizak saroylar“ nomi bilan tanilgan. Uylardan birini Ulviye Sultonga, boshqasini Sabiha Sultonga bergan. Ulviye Sulton 1922-yil 21-iyunda eri bilan ajrashgan.
Ikkinchi nikohi Haqqi posho bilan ajrashgach, Ulviye Sulton 1923-yil 1-noyabrda Nişantaşi saroyida Zülüflü Ismoil poshoning oʻgʻli Ali Haydar bey Germiyanoğluga turmushga chiqqan. Ular farzand koʻrishmagan.
1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi vakillari surgun qilinganda Ulviye Sulton, uning eri va qizi Italiyaning Sanremo shahriga koʻchib oʻtgan. 1926-yilda otasi vafot etgach, Ulviye Monte-Karloga koʻchib ketgan. 1929-yilda esa Misrning Iskandariya shahriga joylashgan.
1952-yilda malikalarga nisbatan surgun toʻgʻrisidagi qonun bekor qilingach, Ulviye Sulton oilasi bilan Istanbulga qaytgan. Bu yerga qaytgach, u qizi bilan Izmirda yashagan.
Vafoti Ulviye Sulton 1967-yil 25-yanvarda 74 yoshida vafot etgan va Istanbuldagi Aşiyan Asri qabristoniga dafn qilingan.
Eri undan 3 yil koʻproq yashab, 1970-yilda vafot etgan.
Mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni Majidiya ordeni 1-darajali Xayriya ordeni
Farzandlari Ism Tugʻilgan Vafot etgan IzohlarIsmoil Haqqi poshodan (1881-yil 20-oktyabr — 1977-yil 10-oktyabr) Suade Humayro Xonimsulton 1917-yil 4-iyun 2000-yil 17-may Istanbulda tugʻilgan, turmush qurib farzandli boʻlgan. Turkiyaning Kuşadası shahrida vafot etgan.
Ajdodlari
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:1967-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari