Haleh Afshar, Baronessa Afshar (; 1944-yil 21-may — 2022-yil 12-may) Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi — Lordlar palatasining umrboqiy aʼzosi boʻlgan. Ayollar huquqlari va islom huquqiga qiziqib kelgan. York universiteti professori, oʻndan ortiq ilmiy kitoblar muallifi.
Hayoti va faoliyati Haleh Afshar 1944-yil 21-may kuni Tehronda tugʻilgan. Otasi Hasan Afshar, onasi esa Pouran Xabir boʻlgan. Oilada toʻrt farzandning eng kattasi edi. Otasi bir paytlar hukumat vaziri boʻlib xizmat qilgan, shuningdek, Tehron universitetida huquq professori boʻlib faoliyat yuritgan. Onasi esa ayollarga saylov huquqini berish boʻyicha muvaffaqiyatli kampaniya olib borgan. Afshar dastlab Tehrondagi Jeanne d’Arc maktabida tahsil olgan, 14 yoshida esa Solihulldagi internatda yashab, oʻsha yerdagi maktabga qatnay boshlagan. Brightonda A-level imtihonlarini tugatgach, yangi tashkil etilgan York universitetiga oʻqishga kirib va 1967-yilda ijtimoiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Besh yildan soʻng Strasburg Robert Schuman universiteti diplomi olgan, soʻngra 1974-yilda Kembrij universitetida yer iqtisodiyoti boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini yakunlagan. Shundan soʻng u Eronning yer islohoti vazirligida ishlash uchun qaytgan. Afshar jurnalist sifatida ham faoliyat olib borgan va tadqiqotlari davomida koʻplab eronlik ayollar oʻzlarining islomiy huquqlarini tushunmasligini anglab yetgan. Jurnalistik faoliyati sabab surgunga uchragan, chunki uning qirollik oilasi haqidagi maqolasi yaxshi qabul qilinmagan.
Afshar York universitetida siyosat va ayollar tadqiqotlari professori, shuningdek, Fransiyaning Strasburg shahrida joylashgan Robert Schuman universiteti qoshidagi Qiyosiy huquq boʻyicha xalqaro fakultetida islom huquqi boʻyicha tashrif buyuruvchi professor boʻlib ishlagan. Afshar Britaniya Kengashi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assotsiatsiyasida faoliyat yuritgan. Ushbu tashkilotda u xalqaro xizmatlar boʻyicha faxriy prezident boʻlib xizmat qilgan. 2008-yil sentyabrida u Ayollar milliy komissiyasi boshqaruv kengashiga tayinlangan. Afshar Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻyicha Britaniya jamiyatiga ham raislik qilgan. U Musulmon ayollar tarmogʻi tashkilotining asoschisi va aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining ishchi guruhlarida „ayollar bilan muloqot“ va „ekstremizmning oldini birgalikda olish“ yoʻnalishlarida faoliyat olib borgan.
2009-yil mart oyida Afshar 2009-yilgi eng nufuzli taʼsirga ega musulmon ayollar roʻyxatida Buyuk Britaniyadagi eng muvaffaqiyatli 20 nafar musulmon ayoldan biri deb topilgan. Roʻyxat Tenglik va inson huquqlari komissiyasi, „Emel“ jurnali va The Times hamkorligida Buyuk Britaniyadagi musulmon ayollarning yutuqlarini nishonlash maqsadida tuzilganThe Muslim Women Power List 2009.
2009-yil aprel oyida Afshar Ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi etib tayinlanganAfshar named Academician of the Academy of Social Sciences .
Afshar 2022-yil 12-may kuni 77 yoshida Heslingtondagi uyida buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan.
Manbalar
Havolalar York universiteti Urushdan keyingi tiklanish va taraqqiyot boʻlinmasi xodimlar profili York universiteti xodimlar profili Persian Mirror: Holih Afshar tarjimai holi Muslim Women Power List saytidagi tarjimai hol Suhbat Desert Island Discs dasturida, BBC Radio 4da, 28 December 2008 efirga uzatilgan BBCning „Belief“ dasturidagi suhbat matni. Nouse.co.uk: Holih Afshar Lordlar palatasi peerligiga koʻtarildi Naseeb.com intervyusi, 2005 „Yaqin Sharqda tinchlik va qayta qurish: ayollar qayerda?“ 2009-yil 27-may kuni Oksford universitetida oʻqilgan maʼruza Profil Buyuk Britaniya parlamentida
Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:Ingliz sotsialistlari Turkum:Ingliz ayol jurnalistlar Turkum:Eronlik feministlar Turkum:Eronlik ayol jurnalistlar Turkum:Tehrondan bo‘lgan siyosatchilar Turkum:Islomiy feminizm tarafdorlari