Nizom Normatovich Nortojiyev (1955-yil 13-mart — 2015-yil 16-dekabr) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Oʻzbekiston futbol klublarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiylik qilgan.
Biografiya Ota-onasi urush paytida bir sanitariya poyezdida xizmat qilayotganlarida tanishib qolishgan. Onasi hamshira Aleksandra Kiselyova (Nortojiyeva). Ikki akasi va bir ukasi boʻlgan.
12 yoshidan Toshkent yoshlar futbol maktabida murabbiy Sergey Arutyunov qoʻl ostida shugʻullana boshlagan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.
Futbolchilik faoliyati 1972—1975-yillarda „Paxtakor“ klubining oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida faoliyat olib borgan. 1972-yilda Paxtakor jamoasi safida birinchi ligada bitta oʻyin oʻtkazgan, 1973-yilda esa ikkinchi ligada „Yangiyer“ jamoasi sharafini ham himoya qilgan. 1976—1978-yillarda „Meliorator“/"Yangiyer", 1979-yilda „Shahrixonchi“ jamoalarida maydonning barcha pozitsiyalarida toʻp surgan. „Sovetskiy sport“ nashri maʼlumotlariga koʻra, 1979-yilda markaziy himoyachi sifatida oʻynab, 15 ta gol urgan„Sovetskiy Sport“, 1980, № 102 (statistik saytlar maʼlumotlariga koʻra esa — 5 ta gol).
1979-yilda „Paxtakor“ safida SSSR oliy ligasida debyut qilib, toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. 1980-yilda 30 ta oʻyinda oltita gol urgan. 1981-yilda 16 ta oʻyin oʻtkazgach, Samarqandning ikkinchi liga jamoasi „Dinamo“ klubi safiga oʻtgan. Ikki yil davomida maydonga tushmagach, faoliyatini quyi liga klublari — Xalqobodning „Sohibkor“ (1984—1986), „Paxtakor“ (1986—1988), Andijonning „Spartak“ (1989), Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ va Qarshining „Geolog“ (1990), „Sohibkor“ (1991) jamoalarida davom ettirgan. 1991-yil iyun oyidan „Sohibkor“ jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan.
Murabbiylik faoliyati Oʻzbekiston chempionatida: „Baxt“ (1992) bosh murabbiyi, MHSK (1993) safida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan, „Gʻazalkent“ (1994), „Oqtepa“ (2006—2007) klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Vafoti 2015-yil 16-dekabrda vafot etgan.
Toshkentda Nizom Nortojiyev nomidagi futbol maktabi ochilganNizom Nartadjiev nomidagi futbol maktabi qabul eʼlon qiladi. Nortojiyev nomidagi futbol festivali tashkil etilgan2007 god pod rukovodstvom novogo trenera prinyal uchastie v futbolnom festivale.
Manbalar
Havolalar Nizom Nortojiyev Footballfakts saytida
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Shahrixon klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Sohibkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Oqtepa klubi murabbiylari Turkum:Gʻazalkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Yoshlik klubi murabbiylari