Aleksandra Grigoryan (; 2005-yil 1-avgustda tugʻilgan) — armanistonlik ogʻir atletikachi. Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati bronza medali sovrindori hamda ikki karra ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionati medali sohibasi.
Faoliyati Aleksandra Grigoryan 2005-yil 1-avgustda Armanistonning Gyumri shahrida dunyoga kelgan.
Aleksandra Grigoryan 2022-yilda 49 kg vazn toifasida yoshlar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2023-yilda sportchi Yerevan shahrida oʻtkazilgan kattalar oʻrtasida Yevropa chempionatida 55 kg vazn toifasida debyut ishtirokini amalga oshirdi va musobaqa yakuniy natijalariga koʻra oltinchi oʻrindan joy egalladi. 2023-yil sentyabr oyida Grigoryan Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasida jahon chempionatida ishtirok etdi va ikkala mashqda jami 190 kg natijani qayd etgan holda 7-oʻrinni egalladi. 2023-yil noyabr oyida esa sportchi oʻz vazn toifasida yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2024-yil fevral oyida Grigoryan Sofiya shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ikkala mashq boʻyicha jami 196 kg toshni koʻtarib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi. Sportchi oʻyinlarning siltab koʻtarish bahslarida 115 kg toshni koʻtarishga muvaffaq boʻldi va birinchi oʻrinni qayd etdi. 2024-yil oktyabr oyida u Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasida oʻgir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida ikkala mashq boʻyicha jami 200 kg natijani qayd etib, yana bir bor musobaqaning oltin medaliga sazovor boʻldi. Sportchi, shuningdek, bir yoʻnalishning oʻzida 115 kg toshni koʻtarib, ushbu yoʻnalishda ham yetakchilikni qoʻlga kiritdi. 2024-yil 8-dekabrda Grigoryan Bahraynning Manama shahrida boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasida jahon chempionatida umumiy 205 kg (85+120) natija bilan bronza medalga ega chiqdi. Shuningdek, sportchi siltab koʻtarish bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi.
2025-yilda Kishinyov shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Grigoryan 55 kg vazn toifasida jami 202 kg natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, siltab koʻtarish bahslarida 117 kg natija bilan musobaqa gʻolibiga aylandi. 2025-yil oktyabr oyida Grigoryan Albaniyaning Durres shahrida boʻlib oʻtgan Yoshlar va U23 Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Sportchi 58 kg vazn toifasida siltab koʻtarish bahslarida 123 kg, dast koʻtarishda esa 91 kg toshni koʻtarib, Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr armanistonlik sportchi ayollar Turkum:Armanistonlik ogʻir atletikachi ayollar