Bogʻdon, Xonbandi va Garasha — Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Forish tumani hududida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlaridir.
Bogʻdon mahallasi Bogʻdon — Forish tumani markazida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini. Mahalla 1968-yilda tashkil etilgan.
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, XIV asrda Sayram hududidan koʻchib kelgan aholi ushbu hududda oʻrnashib, Bogʻdon qishlogʻiga asos solgan.
Mahalla hududining umumiy maydoni 43,85 gektarni tashkil etadi.
Hududiy chegaralari:
Oybek mahalla fuqarolar yigʻini Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini Qoʻlba mahalla fuqarolar yigʻini.
Xonbandi mahallasi Xonbandi — Forish tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻini.
Ushbu hudud qadimdan „Band toʻgʻoni“, „Xonbandi“, „Xonning bandi“ va „Xonning toʻgʻoni“ nomlari bilan atalib kelgan.
Mahalla 1983-yilda sessiya qaroriga asosan tashkil etilgan. Umumiy hududiy maydoni 2100 gektarni tashkil etadi.
Hududiy chegaralari:
Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini Uchquloch mahalla fuqarolar yigʻini Qizilqum mahalla fuqarolar yigʻini
Mahallada 3778 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi tarkibi koʻp millatli boʻlib, unda oʻzbek, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz, arman, nemis, gruzin, qoraqalpoq va koreys millatiga mansub fuqarolar yashaydi.
Mahalla hududida konchilar shaharchasi hamda gidrotexnik inshoot mavjud.
Garasha mahallasi Garasha — Forish tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻini.
Mahalla 1993-yil 17-oktyabrda qabul qilingan qonun asosida, sobiq Qoraobdol qishloq kengashi negizida 1993-yil 30-noyabrda tashkil etilgan.
Umumiy hududiy maydoni 17 316 gektarni tashkil etadi.
Mahalla markazi Xoʻrob ogʻzi qishlogʻida joylashgan.
Mahalla markazidan tuman markazigacha masofa 40 km. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi Gʻallaorol tumani hududida joylashgan boʻlib, masofa 110 km.
Hududiy chegaralari:
Sharqda — Ilonli mahalla fuqarolar yigʻini Shimolda — Oʻxum va Bogʻdon mahallalari Janub va gʻarbda — Samarqand viloyati Payariq tumani hududi.
Manbalar
Forish tumani hokimligi: https://gov.uz/oz/forish Mahalla fuqarolar yig‘inlari statistik ma’lumotlari: https://gov.uz/oz/forish O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali: https://data.egov.uz/ .