Buxoro Innovatsion Taʼlim va Tibbiyot Universiteti (qisqartmasi: BITU; xalqaro nomi: Bukhara Innovative Education and Medical University) — Buxoro shahri markazida joylashgan xususiy oliygohlardan biri. Universitet Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 28-iyundagi 033430-raqamli litsyenziyasiga asosan faoliyatini 2022-yilning sentyabr oyida boshlagan boʻlib, oʻz oldiga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilib qoʻygan.
Faoliyati BITTU uchun dastlabki oʻquv yili — 2022/2023-yillarda litsenziyaga asosan 2 ta (Davolash ishi va Stomatologiya) yoʻnalishda oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan. Buning uchun dastlabki oʻquv yili uchun 480 nafar talaba qabuliga ruxsat berilgan.
2024-yil 24-yanvarda 211616 raqamli Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha tegishli ruxsatnomalar qoʻlga kiritilgan.
Har yangi oʻquv yilida universitetning tibbiyot yoʻnalishiga qabul sinovlaridan oʻtgan talabalarning Gippokrat qasamini oʻqish uchun Ibn Sino tugʻilgan joy — Afshonaga ziyorat maqsadida har yili borishi rasmiy odatga aylangan.
Markaziy Osiyoda yagona boʻlishi kutilayotgan 10 koʻp qavatli hamda koʻp tarmoqli klinika-gospital binosini qurish ishlari boshlab yuborilgan (2025-yil).
Taʼlim yoʻnalishlari +BakalavrMagistraturaDavolash ishiOʻzbek tili va adabiyotiStomatologiyaTerapevtik stomatologiyaBoshlangʻich taʼlimNeyroxirurgiyaIqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)Akusherlik va ginekologiyaPsixologiya (faoliyat turlari boʻyicha)Travmatologiya va ortopediyaFilologiya tillarni oʻqitish (rus tili)Ortopedik stomatologiyaFilologiya tillarni oʻqitish (oʻzbek tili)Bolalar jarrohlik stomatologiyaFilologiya tillarni oʻqitish (ingliz tili)Bolalar terapevtik stomatologiyaFilologiya tillarni oʻqitish (nemis tili)Yuz jagʻ xirurgiyasi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar