2026-yilgi Yaponiya Gran-prisi (rasmiy nomi: Formula One Aramco Japanese Grand Prix 2026) — 2026-yil 29-mart kuni Yaponiyaning Suzuka shahridagi Suzuka International Racing Course poyga trassasida o‘tkazilgan Formula 1 avtopoygasi bo‘lib, 2026-yilgi Formula 1 Jahon chempionatining uchinchi bosqichi hisoblanadi. Ushbu poygada Kimi Antonelli saralash bosqichida qo‘lga kiritgan poul-pozitsiyasini g‘alabaga aylantirib, Mercedes jamoasi safida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Oscar Piastri (McLaren), uchinchi o‘rinni esa Charles Leclerc (Ferrari) qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba natijasida Antonelli o‘z faoliyatida ilk bor haydovchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yetakchiga aylanib oldi hamda Lewis Hamiltonning 2007-yilgi mavsumdagi rekordini ortda qoldirib, Jahon chempionati yetakchisiga aylangan eng yosh haydovchiga aylandi.

Umumiy maʼlumotlar Bosqich 2026-yil 27–29-mart oraligʻidagi dam olish kunlari davomida Suzuka shahridagi Suzuka International Racing Course poyga trassasida o‘tkazildi va bu mazkur trassada Yaponiya Gran-prisining tarixdagi 36-marotaba o‘tkazilishi bo‘ldi. Ushbu Gran-pri 2026-yilgi Formula 1 Jahon chempionatining uchinchi bosqichi hamda Formula 1 Jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan Yaponiya Gran-prisining 40-poygasi hisoblanadi.

Poyga oldidan chempionatdagi holat Musobaqa arafasida George Russell (Mercedes) haydovchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 51 ochko bilan yetakchilik qilayotgan edi. U ikkinchi o‘rinda borayotgan jamoadoshi Kimi Antonellidan 4 ochkoga, uchinchi o‘rindagi Charles Leclerc (Ferrari)dan esa 17 ochkoga oldinda edi. Konstruktorlar kubogi jadvalida esa Mercedes jamoasi 98 ochko bilan peshqadam bo‘lib, ikkinchi o‘rindagi Ferraridan 31 ochko va uchinchi o‘rindagi McLarendan 80 ochkoga oldinda edi.

Ishtirokchilar Haydovchilar va jamoalar mavsum uchun e’lon qilingan rasmiy ishtirokchilar ro‘yxatiga muvofiq bo‘lib, ushbu poyga uchun qo‘shimcha zaxira (o‘rinbosar) haydovchilar jalb etilmadi. Biroq birinchi erkin amaliyot sessiyasida Fernando Alonso (Aston Martin) o‘rniga Jak Crawford ishtirok etdi. Bu Formula 1 reglamentiga muvofiq amalga oshirildi, ya’ni mavsum davomida jamoalar ayrim erkin mashg‘ulotlarda kam tajribaga ega yoki ikki martadan ortiq Gran-prida qatnashmagan haydovchilarga imkon berishlari shart.

Shinalar Shina yetkazib beruvchi Pirelli ushbu musobaqa uchun jamoalar foydalanishi maqsadida o‘z diapazonidagi eng qattiq uchta shina tarkibini — C1, C2 va C3 aralashmalarini olib keldi. Ushbu aralashmalar mos ravishda qattiq (hard), o‘rta (medium) va yumshoq (soft) shinalar sifatida belgilandi.

Erkin amaliyot Musobaqa doirasida uchta erkin amaliyot sessiyasi o‘tkazildi. Birinchi erkin amaliyot 2026-yil 27-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da (UTC+9) bo‘lib o‘tdi va unda eng tez vaqtni George Russell (Mercedes) qayd etdi. Ikkinchi natijani uning jamoadoshi Kimi Antonelli, uchinchi natijani esa Lando Norris (McLaren) ko‘rsatdi. Ikkinchi erkin amaliyot o‘sha kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da o‘tkazildi va unda Oscar Piastri (McLaren) eng tezkor bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Antonelli va Russell egalladi. Uchinchi erkin amaliyot 2026-yil 28-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da bo‘lib o‘tdi va unda eng yaxshi natijani Kimi Antonelli qayd etdi. Ikkinchi o‘rinni Russell, uchinchi o‘rinni esa Charles Leclerc (Ferrari) egalladi.

Saralash Saralash bosqichi 2026-yil 28-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da (UTC+9) bo‘lib o‘tdi va poyga uchun start tartibini aniqlab berdi.

Saralash natijalari OʻrinHaydovchiKonstruktorQ1Q2Q3112 Kimi AntonelliMercedes1:30.0351:29.0481:28.7781263 George RussellMercedes1:29.9671:29.6861:29.0762381 Oscar PiastriMcLaren-Mercedes1:30.2001:29.4511:29.1323416 Charles LeclercFerrari1:29.9151:29.3031:29.405451 Lando NorrisMcLaren-Mercedes1:30.4011:29.7951:29.4095644 Lewis HamiltonFerrari1:30.3091:29.5891:29.5676710 Pierre GaslyAlpine-Mercedes1:30.5841:29.8741:29.691786 Isack Hadjar1:30.6621:30.1041:29.978895Audi1:30.3591:29.9901:30.27491041 Arvid LindbladRacing Bulls-Red Bull Ford1:30.7811:30.1091:30.31910113 Max Verstappen1:30.5191:30.262style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="11"111231 Esteban OconHaas-Ferrari1:30.9151:30.309style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="12"121327 Nico HülkenbergAudi1:30.3581:30.387style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="13"131430 Liam LawsonRacing Bulls-Red Bull Ford1:30.6571:30.495style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="14"141543Alpine-Mercedes1:30.9311:30.627style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="15"151655 Carlos Sainz Jr.Atlassian Williams-Mercedes1:30.9271:31.033style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="16"161723 Alexander AlbonAtlassian Williams-Mercedes1:31.088style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="18"style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="18"171887 Oliver BearmanHaas-Ferrari1:31.090style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="17"style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="17"181911 Sergio PérezCadillac-Ferrari1:32.206style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="22"style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="22"192077 Valtteri BottasCadillac-Ferrari1:32.330style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="20"style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="20"202114 Fernando Alonso1:32.646style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="19"style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="19"212218 Lance StrollAston Martin Aramco-Honda1:32.920style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="21"style="background: silver" style="text-align:center" data-sort-value="21"22107% vaqt: 1:36.209Manba: Poyga Poyga 2026-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tdi va dastlab mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da (UTC+9) boshlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq Porsche Carrera Cup Japan yordamchi seriyasidagi avariya sababli 12-burilishdagi himoya to‘siqlarini ta’mirlash ishlari olib borilishi kerak bo‘lgani uchun start 14:10 ga kechiktirildi. Poyga jami 53 aylanadan iborat holda oʻtkazildi.

Poyga hisoboti Beshta qizil chiroq o‘chgach, McLaren haydovchisi Oscar Piastri va Ferrari haydovchisi Charles Leclerc yaxshi start olib, mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarga chiqib oldi. Mercedes haydovchilari esa sekin start oldi — George Russell va poul-pozitsiya sohibi Kimi Antonelli mos ravishda uchinchi va oltinchi o‘rinlarga tushib ketdi. Shundan so‘ng McLaren haydovchisi Lando Norris 1-burilishda tashqi tomonidan Russellni ortda qoldirdi. Russell ikkinchi aylanada Norrisni, uchinchi aylanada esa Leclercni qayta ortda qoldirdi, biroq peshqadam Piastrini quvib yetishga muvaffaq bo‘la olmadi. Antonelli esa poyga davomida pozitsiyalarini tiklab, 10-aylanaga kelib to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. 11-o‘rindan start olgan Red Bull Racing haydovchisi Max Verstappen ham yaxshi start olib, yettinchi o‘rin uchun Alpine haydovchisi Pierre Gasly bilan kurash olib bordi.

Peshqadam haydovchilar orasida birinchi bo‘lib pit-stopni Lando Norris 16-aylanada amalga oshirdi, Charles Leclerc esa bir aylana keyin pitga kirdi. Leclerc tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan undercutdan qochish va George Russellga nisbatan trassadagi pozitsiyasini saqlab qolish maqsadida Oscar Piastri 18-aylanada pit-stop qildi. Shundan so‘ng yetakchilik George Russell va Kimi Antonelliga o‘tdi. Russell 20-aylanada pit-stop amalga oshirdi va yetakchilikni jamoadoshi Antonelliga topshirdi. Keyinchalik o‘sha aylanada Haas jamoasi haydovchisi Oliver Bearman Alpine haydovchisi Franco Colapintoni ortda qoldirishga urindi. Elektr quvvatining qo‘shimcha kuchayishi sababli Bearman Colapintoga kutilmaganda juda tez yaqinlashib qoldi, natijada Spoon burilishiga kirishda tezligi haddan tashqari yuqori bo‘lib qoldi. To‘qnashuvdan qochish maqsadida Bearman chap tomonga, maysazor ustiga chiqdi, biroq mashina boshqaruvini yo‘qotib, himoya to‘siqlariga borib urildi. Bearman yo‘ldan oqsoqlanib chiqib ketgani ko‘ringach, tekshiruv uchun tibbiyot markaziga yuborildi.

Safety car trassaga chiqarildi, bu esa Kimi Antonelliga pit-stop qilganidan so‘ng ham yetakchilikni saqlab qolish imkonini berdi. Ferrari haydovchisi Lewis Hamilton, shuningdek Gasly va Verstappen ham pit-stop qilmaganlari sababli ushbu vaziyatdan foydalanib qoldi. Hamilton pit-leynda Verstappen kirib kelayotganligi sababli kutib turishga majbur bo‘ldi va vaqt yo‘qotib, Antonelli, Piastri va Russell ortidan to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Poyga qayta boshlanganda Antonelli Piastriga nisbatan yaxshi start oldi, Russell esa Hamilton tomonidan ortda qoldirildi va keyinchalik Leclerc ham uni quvib o‘tdi. 41-aylanada Ferrari haydovchilari orasida tezligi yuqoriroq bo‘lgan Leclerc jamoadoshi Hamiltonni ortda qoldirdi. Keyingi aylanada Russell Hamiltonni quvib o‘tdi. Poyganing so‘nggi aylanalari davomida Leclerc Russellning hujumlarini qaytarib, uchinchi o‘rinni saqlab qoldi, Gasly Verstappenning hujumlarini qaytarib, yettinchi o‘rinni saqlab qoldi, Norris esa Hamiltonni quvib o‘tib beshinchi o‘rinni egalladi. Natijada Kimi Antonelli Oscar Piastridan oldinda marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, faoliyatidagi va ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan u o‘z karyerasida ilk bor haydovchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yetakchilikni aylanib oldi hamda Jahon chempionati yetakchisiga aylangan eng yosh haydovchiga aylandi. Oscar Piastri mavsumdagi ilk Gran-prisida ikkinchi o‘rinni egalladi, Charles Leclerc esa uchinchi o‘rin bilan podiumni yakunladi. Keyingi ochko olgan o‘rinlarni George Russell, Lando Norris, Lewis Hamilton, Pierre Gasly, Max Verstappen, Liam Lawson va Esteban Ocon egalladi.

Poygadan so‘ng Oliver Bearmanning avariyasidan so‘ng batareya energiyasidan ko‘proq foydalanish va elektr quvvatini uzatish (power deployment) rejimlari bilan bog‘liq reglament o‘zgarishlari haydovchilar tomonidan tanqid ostiga olindi. Ushbu qoidalarni yanada takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun FIA 9-aprel kuni maxsus ko‘rib chiqish yig‘ilishi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Poyga natijalari OʻrinHaydovchiKonstruktorVaqt / Poygani tark etish sababiOchkolar112Mercedes53 1:28:03.403125281 Oscar PiastriMcLaren-Mercedes53 +13.722318316 Charles LeclercFerrari53 +15.270415463 George RussellMercedes53 +15.75421251 Lando NorrisMcLaren-Mercedes53 +23.479510644Ferrari53 +25.0376871053 +32.3407683 Max Verstappen53 +32.67711493053 +50.1801421031Haas-Ferrari53 +51.2161211127Audi53 +52.2801312653 +56.1548135Audi53 +59.0789144153 +59.84810155553 +1:05.008161643Alpine-Mercedes53 +1:05.773151711 Cadillac-Ferrari53 +1:32.45319181452 +1 aylana211977 Cadillac-Ferrari52 +1 aylana202023Atlassian Williams-Mercedes51 +2 aylana171830Suv bosimi2287Haas-Ferrari20Avariya18Manba:

Poygadan keyingi chempionat jadvali

Haydovchilar chempionati jadvali Oʻrin Haydovchi Ochkolar 11 Kimi Antonelli72 12 George Russell633 Charles Leclerc494 Lewis Hamilton41 15 Lando Norris25Manba:

Konstruktorlar chempionati jadvali Oʻrin Konstruktor Ochkolar1 Mercedes1352 Ferrari903 McLaren-Mercedes464 Haas-Ferrari18 25 Alpine-Mercedes16Manba:

Izoh: Har ikkala jadval uchun faqat dastlabki beshta o‘rin ko‘rsatilgan.

Manbalar

Yaponiya Turkum:Yaponiya Gran-prisi