Maria Baiulescu (21-avgust 1860 — 24-iyun 1941) — Ruminiyalik yozuvchi, sufrajist, ayollar huquqlari faoli, rumin millatchisi va feminist yetakchi.
Hayoti Maria Baiulescu 1860-yilda Braşovda tugʻilgan. Uning otasi, Bartolomeu Baiulescu, Rumin pravoslav ruhoniysi boʻlgan, onasi Elena Baiulescu esa Rumin ayollar milliy qoʻmitasining prezidenti boʻlgan. Maria Baiulescu yoshlik chogʻidayoq yaxshi taʼlim olgan va Qizlar fransuz instituti bitiruvchisi boʻladi. Oʻqishni tugatgach, u yozuvchilik faoliyatini boshlaydi. U dastlab tarjimon sifatida ish boshlagan, biroq tez orada „Enciclopedia Română“ uchun maqolalar yoza boshlaydi. Shuningdek, u „Societatea Pentru Crearea Unui Fond De Teatru Român“ uchun pyesalar yozish imkoniga ega boʻldi.
Keyinchalik Maria Baiulescu „Asociațiunea Transilvană pentru Literatura și Cultura Poporului Român“ tashkiloti uchun maʼruzachi va muallif sifatida faoliyat yuritdi. 1908-yildan 1935-yilgacha u „Reuniunea Femeilor Române din Brașov“ tashkilotining prezidenti boʻldi. Prezidentlik faoliyati davomida u „Uniunea Femeilor Române“ deb atalgan yana bir tashkilotga ham asos soldi. Bu tashkilot ayollarning birlashishi va umumiy maqsadlar yoʻlida ishlashlariga yordam bergan. Shuningdek, u qizlar uchun moʻljallangan yetimxonani moliyalashtira oldi; bu muassasada qizlar kundalik hayotiy vazifalarni bajarishni oʻrganishgan.
Maria Baiulescu ayollar rumin milliy harakatining old qatorida boʻlishini xohlagan. Baiulescu faqat ayollar Ruminiya millatini asrab qolishi mumkin, deb ishongan. U, shuningdek, kichik bolalar uchun zarur boʻlgan parvarishni, ularga kerakli asosiy gigiyena qoidalarini berish orqali yaxshilaydi. Maria rumin madaniyatini saqlab qolish va uni boshqa barcha mamlakatlardan farqlab turuvchi jihatlarni asrashni maqsad qilgan.
Maria Baiulescu ayollarning erkaklar bilan teng huquqlarga ega boʻlishi uchun kurashgan. U „Asociația pentru emanciparea civilă și politică a femeilor române“ nomli tashkilotga asos solgan. Bu uyushma ayollarga oʻz siyosiy huquqlarini amalda qoʻllash imkonini bergan.
Maria Baiulescu 1941-yil 24-iyunga qadar ayollar huquqlari yoʻlida faol boʻlib qoldi va shu sanada vafot etdi.
Merosi Braşovdagi bir texnik kollej uning sharafiga nomlangan.
Manbalar
Adabiyotlar Haan, Francisca de, et al. A Biographical Dictionary of Womens Movements and Feminisms: Central, Eastern, and South Eastern Europe, 19th and 20th Centuries. Central European University Press, 2008. Smith, Bonnie G. The Oxford Encyclopedia of Women in World History. Oxford University Press, 2008.
Turkum:Ruminiyalik ayollar huquqlari faollari