Dariya Oleksandrivna Zarivna (; 1989-yil 4-iyulda tugʻilgan) — ijtimoiy faol va tadbirkor. Davlat xizmatiga kirishidan avval media biznesi, kreativ sanoat va xayriya sohalarida faoliyat yuritgan. Zarivna 2019-yil iyun oyida Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi maslahatchisi, 2020-yil fevral oyida esa Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermakning maslahatchisi boʻlgan.
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bosqini boshlanganidan buyon Prezident devoni nomidan urush boʻyicha soʻnggi yangiliklarni taqdim etuvchi axborot sharhlarida ishtirok etib kelmoqda.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar boʻyicha Yermak–Makfol ekspert guruhi, Xalqaro xavfsizlik kafolatlari boʻyicha guruh (Yermak–Rasmussen guruhi), Ukraina Prezidenti huzuridagi Yoshlar masalalari kengashi, ocharchilikning oldini olish boʻyicha ishchi guruh („Ukrainadan don“ gumanitar oziq-ovqat dasturi), hamda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining poraxoʻrlikka qarshi ishchi guruhi aʼzosi hisoblanadi.
Shuningdek, Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi sodir etilgan ekologik jinoyatlar boʻyicha xalqaro ishchi guruhni hamda Rossiya tomonidan deportatsiya qilingan ukrainalik bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan „Bring Kids Back UA“ xalqaro ishchi guruhini yoʻlga qoʻyish uchun mas’uldir.
Dariya harbiy asirlar almashinuvi jarayonlarini kommunikatsion qoʻllab-quvvatlash bilan ham shugʻullanadi va bu borada Harbiy asirlar bilan muomala qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab bilan hamkorlik qiladi.
„Spend with Ukraine“ koʻngillilar tashabbusini ham ilgari suradi, bu tashabbus orqali dunyo boʻylab odamlar Ukrainada ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar bilan tanishtiriladi.
2021-yilda u „Focus“ jurnali talqiniga koʻra Ukrainadagi eng taʼsirli 100 ayol roʻyxatiga (34-oʻrin) kiritilgan. Hayoti Dariya Zarivna Ukrainaning Xerson shahrida tugʻilgan.
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetini tamomlagan.
Shuningdek, Stenford universitetida strategik marketing kursini, Aspen institutida „Qadriyatlar va jamiyat“ kursini oʻtagan.
Dariya Buyuk Britaniya hukumati tomonidan oʻtkazilgan strategik kommunikatsiyalar boʻyicha maxsus kursni ham tugatgan.
Manbalar
Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar Turkum:Matbuot kotiblari Turkum:Ukrainalik ayol ishbilarmonlar Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari