Julia Grabher (1996-yil 2-iyulda tugʻilgan) — avstriyalik professional tennischi. 2023-yil 26-iyunda yakkalik bahslari reytingida faoliyatidagi eng yuqori natija — 54-oʻringa koʻtarilgan. 2016-yil 29-avgustda juftlik bahslari reytingida eng yuqori natijasi — 387-oʻrinni band qilgan.
Grabher WTA Challenger Tour musobaqalarida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 2 ta unvonni, shuningdek, ITF ayollar turi yakkalik bahsida 16 ta va juftlik bahsida 8 ta unvonni qoʻlga kiritgan.
Avstriya Fed Cup jamoasi safida oʻynagan Grabher 2024-yil noyabr holatiga koʻra yakkalik yoʻnalishida 6 ta gʻalaba, 14 ta magʻlubiyat, juftlik yoʻnalishida esa 2 ta gʻalaba, 9 ta magʻlubiyat (jami 8–23) koʻrsatkichini qayd etgan.
Sport faoliyati 2019–2022 Grabher 2019 Ladies Linz turnirining asosiy toʻr bahsiga yoʻllanma olgan, biroq birinchi davrada slovakiyalik tennischi Viktória Kužmovága ketma-ket setlarda oʻyinni boy bergan.
2022-yil sentyabr oyida u Bari ochiq turniri finalida Nuria Brancaccioni ketma-ket setlarda magʻlub etib, sport faoliyatidagi ilk WTA 125 unvonini qoʻlga kiritdi. Natijada, sportchi 2022-yil 12-sentyabrda 97-oʻrin bilan ilk bor top-100 talikka kirishga muvaffaq boʻldi. Oradan uch hafta oʻtib, birinchi raqamda saralangan tennischi sifatida Grabher Aliona Bolsovani magʻlub etib, sovrin jamgʻarmasi $60 boʻlgan Open de San Sebastián musobaqasi finalida gʻolib chiqdi. Bu uning 2022-yildagi uchinchi ITF turidagi unvoni hisoblanadi.
2023 Grabher Katta dubulgʻa turniridagi debyut ishtirokini Avstraliya ochiq chempionatida oʻtkazdi. Biroq birinchi davrada 16-raqamda saralangan Anett Kontaveitga oʻyinni boy berdi. Shundan soʻng sportchi Dubay chempionatida WTA 1000 darajasidagi ilk ishtirokini oʻtkazish uchun saralash bosqichidan oʻtishga muvaffaq boʻdi. Ammo yana birinchi davrada Leyla Fernandezga magʻlub boʻldi.
WTA 500 toifasidagi Charleston ochiq turnirida Grabher uchinchi davragacha yetib bordi. U 10-raqamda saralangan Zhang Shuaini magʻlub etib, faoliyatidagi ilk top-30 talik tennischi ustidan gʻalabani qayd etdi. Shuningdek, saralash bosqichidan chiqqan Sachia Vickeryni ham yengishga erishdi, ammo keyinchalik 7-raqamda saralangan tennischi Ekaterina Alexandrovaga yutqazdi. 2023-yilgi Madrid ochiq turniriga yoʻllanma olgan Grabher WTA 1000 darajasidagi ilk uchrashuvida bolgariyalik tennischi Viktoriya Tomovaga qarshi oʻtkazdi va uni magʻlub etdi. Biroq ikkinchi davrada birinchi raqamda saralangan Iga Świątekka yutqazdi. 2023-yilgi Italiya ochiq turnirida sportchi faoliyatida ilk bor WTA 1000 musobaqasining uchinchi davrasiga chiqib, Nuria Brancaccio hamda 26-raqamda saralangan Jil Teichmannni sensatsion tarzda magʻlub etdi. Biroq ulardan keyin 8-raqamda saralangan Daria Kasatkinaga oʻyinni boy berdi. Natijada Grabher reytingda 15 pogʻona koʻtarilib, 22-may kuni yangi shaxsiy rekordi — 74-oʻrinni band qildi.
Manbalar
Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstriyalik ayol tennischilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida tennischilar Turkum:21-asr avstriyalik ayol sportchilar