Lina Kuduzović (2002-yil 30-dekabrda tugʻilgan) — Sloveniyalik qoʻshiqchi boʻlib, u 2010-yilda yetti yoshida Sloveniaʼs Got Talent shousining birinchi mavsumida gʻolib boʻlgan va oʻsha paytgacha barcha Got Talent shousining eng yosh gʻolibiga aylangan. 2015-yilda Kuduzović „Prva ljubezen“ („Birinchi sevgi“) nomli qoʻshigʻi bilan Sloveniya nomidan Yevrovidenie bolalar qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan. U 112 ball bilan 3-oʻrinni egallagan. 2017-yilda u The Voice Kids Germany tanlovida qatnashib, finalgacha yetib bordi. Hozirda u oilasi bilan Shveytsariyada yashaydi. „Jang“ bosqichida u Forster jamoasidan boʻlgan Kayana va Ashleyni yengdi, uchalasi ham „The Greatest“ (Sia) qoʻshigʻini kuyladilar. Yarim finalda u yana „Hurt“ qoʻshigʻini ijro etdi va murabbiy Mark Foster tomonidan final uchun tanlandi. Finalda u „If I Were a Boy“ (Beyoncé) qoʻshigʻini kuyladi, biroq bu gʻalaba qozonish uchun yetarli boʻlmadi. Gʻolib 11 yoshli Sofiya boʻldi.

Uning birinchi yakkaxon qoʻshigʻi — „Ephemeral“ — 2018-yilda chiqarilgan. U EMA 2020 tanlovida „Man Like U“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, unda 666 ta ovoz bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.

Diskografiya Lina (2012)

Manbalar

Havolalar Rasmiy sahifa

Turkum:Sloveniyalik ayol qoʻshiqchilar