Tereza Mihalíkova (1998-yil 2-iyunda tugʻilgan) — slovakiyalik tennischi. WTA reytingida juftlik bahslari boʻyicha 24-oʻringa koʻtarilgan (2026-yil 9-fevral).

WTA tur musobaqalarining juftlik yoʻnalishida 2 ta unvonga, WTA Challenger musobaqalari juftlik yoʻnalishida esa 3 ta unvonga ega chiqqan. Shuningdek, ITF turnirlarida yakkalik bahslari boʻyicha 8 ta hamda juftlik bahslari boʻyicha 19 ta unvonni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati Iyun oyida Mihalíkova Bol Ladies Open turnirida ilk bor WTA Challenger musobaqalari doirasida finalga chiqishga muvaffaq boʻldi. Tennischi Ekaterine Gorgodze bilan birga u musobaqada Aliona Bolsova va Katarjina Kava juftligiga magʻlub boʻldi. Keyingi oyda sportchi Shvetsiya ochiq turnirida Kamilla Rahimova bilan yana bir Challenger musobaqalari finaliga chiqdi, biroq ushbu oʻyinda ham magʻlubiyatga uchradi.

Sentyabr oyida Mihalíkova Zavarovalnica Sava Portorož turnirida WTA turi doirasidagi juftlik bahslari boʻyicha ilk bor finalga yoʻl oldi. Anna Kalinskaya bilan birga juftlik yoʻnalishida Aleksandra Krunić va Lesley Pattinama Kerkhove juftligini uch setda magʻlubiyatga uchratdi.

Dekabr oyida sportchi WTA Challenger musobaqasi doirasida Open Angers turniri finaliga chiqdi. Tennischi Grit Minnen bilan birga juflik bahslari chempionligiga ega chiqdi. Ular final oʻyinida Vera Zvonareva va Monica Niculescuni yengishga muvaffaq boʻlishdi.

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Slovakiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr slovakiyalik ayol sportchilar