Panna Udvardy (1998-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — vengriyalik professional tennischi. WTA reytingida yakkalik bahslari boʻyicha 2026-yil 6-aprelda 71-oʻrniga koʻtarilgan, juftlik bahslarida 2022-yil 24-oktyabrda 65-oʻrinni band qilgan.
Udvardy tennischi Veronika Erjavec bilan birga 2025-yilgi Iași ochiq turniri juftlik bahslarida WTA Tur chempionligini qoʻlga kiritgan.
Sport faoliyati 2017 Udvardy WTA Tur asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini 2017-yilgi Vengriya ayollar ochiq turnirida amalga oshirgan. Sportchi musobaqaning juftlik bahslarida Anna Blinkova bilan birga ishtirok etgan.
2021–2023 Udvardy WTA Challenger Tur musobaqasi doirasida 2021-yilgi Montevideo ochiq turnirida ishtirok etgan va ilk marta musobaqa finaliga chiqib, Diane Parryga ketma-ket setlarda oʻyinni boy bergan. 2021-yil 29-noyabrda jahon reytingida 96-oʻringa koʻtarilgan.
Manbalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar