Vera Valeryevna Lapko (; 1998-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — belaruslik sobiq professional tennischi. ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasi yakkalik bahslarida 7 ta va juftlik bahslarida 7 ta unvonni qoʻlga kiritgan. 2018-yil 1-oktyabr oyida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha jahon reytingida 60-oʻringa, 2018-yil 14-mayda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 83-oʻringa koʻtarilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.

Sport faoliyati Lapko 2014-yilgi AQSh ochiq chempionati va 2015-yilgi Wimbledon chempionati qizlar oʻrtasida juftlik bahslari finaliga chiqqan. Har ikki musobaqada ham u Tereza Mihalíková bilan juftlik hosil qilgan. Sportchi 2016-yilgi Avstraliya ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslari gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Ushbu musobaqaning final bahsida u Mihalíkovani magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻlgan.

Belarus Fed Cup terma jamoasi safida oʻynagan Lapko musobaqalarda jami 8 ta oʻyindan 6 tasida gʻalaba qozongan va 2 tasida magʻlub boʻlgan.

2024-yil yanvar oyida Lapko tizzasidagi jarohatlar tufayli tennisdagi faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qilgan.

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Minsklik tennischilar Turkum:Belaruslik ayol tennischilar Turkum:21-asr belaruslik ayol sportchilar