Gözel Myradowna Nuralyýewa ; 1954-yil 25-noyabr, Homaý, Boldumsaz etrapi, Toshoʻgʻuz viloyati, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkmanistonlik siyosatchi va jurnalist.

Tarjimayi holi Gözel Nuralyýewa 1954-yil 25-noyabrda Toshoʻgʻuz viloyati, Boldumsaz etrapidagi Homaý qishlogʻida tugʻilganGozel Nuralievoy — 65-let. Nuralyýewa Turkmaniston davlat universitetini rus tili va adabiyoti yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1977-yilda Dänew etrapidagi 5-oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. 1980—1990-yillarda Turkmaniston SSRdagi ommaviy axborot vositalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1981—1986-yillari „Tashauzskaya pravda“ gazetasida muxbir, boʻlim mudiri, 1986—1988-yillarda SSSR Kommunistik partiyasi Toshoʻgʻuz shahar qoʻmitasi instruktori boʻlib ishlagan, 1988—1990-yillarda Leningrad Oliy partiya maktabi talabasi boʻlgan. 1990—1991-yillarda Kommunistik partiya Markaziy qoʻmitasi sektorini boshqargan. 1991—1992-yillarda Davlat matbaa qoʻmitasida yetakchi mutaxassis boʻlib ishlagan. 1995-yilda Nuralyýewa Turkmaniston davlat teleradiokompaniyasiga ishga kirib, oʻsha yilning oxirida „Neytralniy Turkmenistan“ milliy gazetasi muharriri oʻrinbosari, keyin esa bosh muharriri boʻlgan. 2003-yilda madaniyat va axborot vaziri etib tayinlangan, shu bilan birga Ministrlar kabineti raisining oʻrinbosari boʻlgan. 2004-yil 11-avgustda sogʻligʻi tufayli ishdan boʻshatilgan.

Mukofotlari Gözel Nuralyýewa „Vatanga boʻlgan muhabbati uchun“ medali (1996-yil), „Gʻayrat“ medali, „Turkmaniston mustaqilligiga 20 yil“ yubiley medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Toshoʻgʻuz viloyatida tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston vazirlari Turkum:SSSR jurnalistlari Turkum:Turkmaniston davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar