Sona Yazova (ayrim manbalarda Iazova, 1943-yil, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkmanistonlik shoira va yozuvchi.

Tarjimayi holi Sona Yazova 1943-yilda Turkmanistonda tugʻilgan. 2010-yilda Turkmaniston mustaqilligining 19 yilligini nishonlash doirasida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan Turkmaniston xalq yozuvchisi unvoniga sazovor boʻlgan. Yazova milliy televideniye tarmogʻida ham ishlagan. 2008-yilda Yazova Maxtumquli nomidagi xalqaro mukofotni beruvchi qoʻmita aʼzosi etib tayinlangan. Yazova sovet davrining oxirilaridan boshlab adabiy doiralarda faol boʻlib, qayta qurish davrida oʻz sheʼrlarini taklif qilingan sheʼriy davralarda oʻqib bergan va sheʼriyatdan tashqari qisqa badiiy hikoyalar ham yozgan. Sona Yazova Saparmurod Niyozov prezidentligi davrida prezident rejimining tarafdori hisoblangan va oʻzining qisqa hikoyalaridan biri prezident onasi Gurbansoltan ejening hayotini tasvirlagan , bu hikoyasi mazmunida prezident oilasi shaxsiyatiga sigʻinish toʻliq aks etgan. Sheʼrlarining asosiy qismi vatanparvarlik va Vatanga muhabbat mavzulariga oid boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1943-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmanistonda tugʻilganlar Turkum:Sovet shoirlari Turkum:Turkmanistonlik yozuvchilar