Peter Wilkinson Howitt (1946-yil 31-mayda tugʻilgan) — kanadalik iqtisodchi va Brown universitetining Lyn Crost ijtimoiy fanlar professori emeritusi. U Phillipe Aghion bilan birgalikda endogen oʻsish nazariyasi, zamonaviy makroiqtisodiyotda ijodiy buzilish tushunchasi va „Aghion–Howitt modeli“ ustidagi hamkorlikdagi ishlari bilan mashhur. 2025-yilda Howitt va Aghion „ijodiy buzilish orqali barqaror oʻsish nazariyasi uchun“ birgalikda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandilar.

Erta hayoti va taʼlimi Howitt 1946-yilda Guelph shahrida tugʻilgan. U 1968-yilda McGill universitetidan iqtisodiyot boʻyicha bakalavr darajasini, 1969-yilda Western Ontario universitetidan magistr darajasini va 1973-yilda Northwestern universitetidan Robert W. Clower qoʻl ostida PhD darajasini oldi.

Akademik faoliyati Howitt PhD darajasini olgandan keyin Kanadaga qaytib, 1972-yildan 1996-yilgacha Western Ontario universitetida dars berdi. U 1996-yilda Ogayo shtat universitetiga professor etib tayinlandi va 2000-yilda Brown universitetiga qoʻshildi va oʻshandan beri u yerda faoliyatini davom etmoqda. 2013-yildan beri Howitt Brown universitetining professor emeritusi hisoblanadi. Universitet bilan aloqalaridan tashqari, u Torontoda joylashgan partiyasiz tahlil markazi „C. D. Howe instituti“ bilan ham uzoq muddatli aloqalarga ega. Howitt 1986-yildan beri institut orqali iqtisodiy siyosat boʻyicha hisobotlarni nashr eta boshlagan va 2011-yildan 2015-yilgacha rezident-ilmiy xodim boʻlgan.

U 1993-1994-yillarda Kanada iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti boʻlib xizmat qilgan va 1997-2000-yillar oraligʻida „Journal of Money, Credit, and Banking“ jurnalining muharriri boʻlgan.

Mukofotlari va unvonlari Howitt 1992-yilda „Kanada Qirollik jamiyati“ aʼzosi va 1994-yilda „Ekonometrik jamiyat“ aʼzosi etib saylangan. 2019-yilda u va Aghion Iqtisodiyot, Moliya va Menejment boʻyicha „BBVA Foundation Frontiers of Knowledge mukofoti“ni oldilar. Howitt va Aghion, shuningdek, 2025-yilda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotining yarmi bilan taqdirlandilar „ijodiy buzilish orqali barqaror oʻsish nazariyasi uchun“, ikkinchi yarmi Joel Mokyrga nasib etdi.

Tanlangan asarlari

Manbalar

Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari